OTM uchun onlayn hujjat topshirish

DO`STLARGA ULASHING:

OTM uchun onlayn hujjat topshirish boshlandi, tartibi qanday?
2022/2023 o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bugun 20-iyundan boshlandi.
✅ Bunda abituriyentlar:
🔸 telefon raqamini avtorizasiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishi;
🔸 imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari;
🔸 chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishi kerak.
❗️Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021-2022-o‘quv yili uchun OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.
🌐 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.
⏰ Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi hamda ular ushbu muddatga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Оставьте комментарий