Ovqatlanish uchun eng maqbul vaqt qachon?

DO`STLARGA ULASHING:

Bu savolga mutaxassislar quyidagicha javob beradi:

Nonushta – ertalab soat 7:00-8:00 oralig‘ida tanovul qilinsa ayni muddao. Ammo 10:00 kech qolmaslik maqsadga muvofiq. Unutmang, uyqudan uyg‘ongach yarim soat o‘tgachgina nonushta tanovul qiling.

Tushlik uchun –12:30-14:00 oralig‘ida ovqat iste’mol qilish maqbul vaqt sanaladi. Taomni 16:00 dan kech bo‘lmagan muddatda iste’mol qiling. Nonushta va tushlik oralig‘i 4 soatni tashkil etishi kerak.

Kechki ovqat – 18:00-19:00 oralig‘ida, ammo 21:00 dan kechikmasligi kerak. Kechki ovqatni uyquga yotishdan 3 soat oldin iste’mol qiling.

 

Xurshida HUSENOVA

soglom.uz/tavsiya/ovqatlanish-uchun-eng-maqbul-vaqt-qachon/

Оставьте комментарий