Grin Karta (Green Card) lotereyasi qanday o’ynaladi

O‘ZBЕKISTONDA GREEN CARD’GA RO‘YXATDAN O‘TISH.

DO`STLARGA ULASHING:

O‘ZBЕKISTONDA GREEN CARD’GA RO‘YXATDAN O‘TISH.
?? AQSH Davlat Departamenti 2022 yil «Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar — DV» (Grin Kard) dasturiga ro‘yxatga olish davri 2020 yil 7 oktabrdan 2020 yil 10 noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo‘lishini e’lon qildi.
Ishtirokchilar DV dasturida 2020 yil 7 oktabr, chorshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatga olish davri 2020 yil 10 noyabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 21:00 da tugaydi.
Barcha arizalar elektron ravishda ro‘yxatga olish davrida https://dvprogram.state.gov (saytning eski nomi www.dvlottery.state.gov) sahifasi orqali topshirilishi shart.
DV lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi. Barcha murojaatchilar arizalarining maqomini keyinchalik tekshirish uchun, arizalarini topshirib bo‘lganlaridan so‘ng, o‘z tasdiqlov varaqlarini bosmadan chiqarib, saqlab qo‘yishlari shart.

2020 yil 10 noyabr soat 21:00 dan keyin arizalar qabul qilinmaydi.

2021 yil 1 maydan boshlab, qatnashchilar o‘zlarining arizalari ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi varaqlaridan foydalanib, Davlat departamentining internet sahifasida immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlariga o‘tish uchun tanlangan yoki tanlanmaganliklari haqida ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin.

Murojaatchilarga o‘z tasdiqlov varaqlarini printerda chop etib olishni va 2021 yil 30 sentabrga qadar saqlab qo‘yishlari tavsiya etiladi.
Bu juda ham muhim: Esingizdan chiqmasin, 2019 yil oktabr oyida onlayn ariza berishda faqat xalqaro pasport (zagranpasport) ma’lumotlaridan foydalaniladi.

1 комментарий к “O‘ZBЕKISTONDA GREEN CARD’GA RO‘YXATDAN O‘TISH.”

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek