O‘zbekiston Respublikasining muzeylari

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekiston Respublikasining muzeylari – Uzbekiston Respublikasining muzeylari –

O‘zbekiston Respublikasida ham ko‘plab muzeylar mavjud. Bu muzeylardagi eksponatlar jahonning mashhur muzeylari eksponatlaridan qolishmaydi.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi (Toshkent)

Hozirgi kunda respublikamizda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston san’at muzeyi, O‘zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati tarixi muzeyi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muzeyi kabi muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining o‘zida 250 mingdan ortiq tarixiy yodgorliklar mavjud.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi (Toshkent).

Ular xalqimizga va chet elliklarga O‘zbekistonning o‘tmish tarixini ko‘z-ko‘z qilib turadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda bunyod etilgan. Balandligi 31 metr bo‘lgan muzey binosi uch qavatlidir. Muzey ko‘rgazma zalining markazida devorga ajoyib tasviriy san’at asari ishlangan. Unga «Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor» deb nom berilgan. Asar «Tug‘ilish», «Yuksalish» va «Faxrlanish» nomlari bilan ataluvchi 3 qismdan iborat.

«Tug‘ilish» qismida Sohibqironning (buyuk bobomiz Amir Temurning) tug‘ilishi bilan bog‘liq urf-odatlar tasvirlangan.

«Yuksalish» qismida buyuk bobomiz hayotida doimo amal qilgan «Rosti-rusti», ya’ni «Tog‘rilik najotdir» degan shiori oltin harflar bilan  yozib qo‘yilgan. Shuningdek, bu qismda Sohibqironning vazirlar, harbiy sarkardalar va olimlar bilan o‘tkazayotgan kengashi aks ettirilgan.

«Faxrlanish» qismida esa Amir Temur va temuriylar davri merosining avloddan avlodga o‘tib kelayotganligi g‘oyasi tasvirlangan.

Оставьте комментарий