O’zbekistonda buyrak transplantatsiyasining narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

O’zbekistonda buyrak transplantatsiyasining narxi qancha?

Buyrak qora bozorda qimmat turadi. Uning haqiqiy hayotda bahosi yo’q — axloqiy sabablarga ko’ra organlar sotilmaydi. Ammo, uchinchi dunyo mamlakatlarida ko’plab noqonuniy transplantatsiyalar amalga oshirilmoqda va bularning asosiy qurbonlari voyaga yetmaganlardir.

Shifokorlardan ko’krak qafasi jarrohligi ilmiy-tadqiqot institutida buyrak transplantatsiyasi operatsiyasi qancha turishini ma’lum qilishdi:

Qabul qiluvchilar uchun transplantatsiya narxi testlar, tekshiruvlar va dori-darmonlarga ketadigan xarajatlarni hisobga olmaganda 21 500 000 so’mni tashkil etadi.

Donor uchun — 9 500 000 so’m.

Hindistonda bunday operatsiya $12 ming, Turkiyada esa $20 ming turadi.