DO`STLARGA ULASHING:
O’zbekistonda elektromobillarni zaryadlash narxi qancha?
Bugungi kunda yurtimizda elektromobillarga bo’lgan talab sezilarli oshmoqda. Elektromobillarni zaryadlash uchun hozir ko’chalarda sharoitlar juda kam va asosan uyda zaryadlashmoqda.
Yurtimizda 1 kVt·s elektr energiyasi narxi 295 so’m turadi.
Demak uy sharoitida avtomobilni zaryadlasak, zaryadlash narxi quyidagicha bo’ladi:
— Tesla model 3 (85 kVt·s) — 25 075 so’m va 547 km yo’l yuradi. Avtomobil narxi — 615 mln so’m
— Audi-Q2 (39,7 kVt·s) — 11 711 so’m 265 km yo’l yuradi. Avtomobil narxi 396 mln so’m
— Enevate ME7 (72 kVt·s) — 21240 so’m 530 km yo’l yuradi. Avtomobil narxi 382 mln so’m.
Avtomobil narxlari O’zbekiston hududidagi narxlar ko’rsatilgan. Zaryadlash ko’chadagi maxsus shoxobchalarda ikki barobar qimmatroq bo’lishi mumkin.