DO`STLARGA ULASHING:
PЕDAGOGLAR BIR HAFTADA NЕCHA SOAT ISHLASHI KЕRAK.
⚡️SAVOL;
Qonunchilik bo‘yicha pedagog hodimlar uchun ish vaqti haftasiga qancha bo‘lishi kerak ?
⚡️JAVOB;
Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra, yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun ( Pedagoglar shu toifaga kiritiladi ) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
✏️ Kodeks normativlik hususiyatiga ko‘ra Qonun xisoblanadi. Qonun esa har qanday vazirlikning buyruq va qarorlaridan, har qanday rahbarning norasmiy ko‘rsatma va topshiriqlaridan ustun turadi. Shuning uchun ish vaqtingiz tugaganidan keyin bemalol uyingizga qaytishingiz mumkin. Birorta rahbarga Qonunda belgilangan ish vaqti rejimini buzib hodimni asossiz ishda ushlab turishi uchun vakolat berilmagan.
✏️ Shuning uchun kimdir ish vaqtingiz tugaganidan keyin Fotimahon, darsingiz tugagan bo‘lsa xamma gullarga suv kuyib chiqib desa indamay suv kuyib yuravermaslik kerak. Sizga oylik gulga suv kuyganingiz uchun to‘lanmaydi..