Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar

Akangda bo’lsa, so’raysan, Uyingda bo’lsa, yalaysan. Arpa yegan ot o’ynar, Makka yegan tot o’ynar. Ariq to’ymasa, baliq to’ymas. Balig’i yo’q ko’li qursin, Kiyigi yo’q cho’li qursin. Bermasa ham boy yaxshi, Yemasang ham moy yaxshi. Bir tariqdan bo’tqa bo’lmas. Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv. Bir qishga quyon chorig’i ham chidar. Birdan ikki yaxshi, Ikkidan […]

Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar Читать дальше »

Farosat va farosatsizlik haqida maqollar

Avval — non, keyin in’om. Avval o’z aybingni bil, So’ngra boshqadan kul. Avval o’zingga boq, So’ngra nog’ora qoq. Avval o’yla, keyin so’yla. Azadorni to’yga zo’rlama. Ana-mana deguncha, Yaxshi-yomonni bilgin. Anglamay gapirgan og’rimay o’lar. Aravani ot oldiga chiqarib bo’lmas. Arzimasa arzonga ham olma. Arpani xom o’rma, Kelinni sepsiz ko’rma. Ahmoq bilan gap talashguncha, Moxov bilan uloq

Farosat va farosatsizlik haqida maqollar Читать дальше »

Faqirlik va boylik haqida maqollar

Amirning oshidan Faqirning mushti yaxshi. Beva xotinning tushiga er kirar, Kambag’alning tushiga — yer. Bevaga bozor bo’lmas, Yetimga — hayit. Bedavlat bozorga borsa, Shum xabar keltirar. Bedavlatdan osh qochar. Bedavlatlik bo’lgan so’ng, Qarindoshlar g’ash bo’lar. Badavlatlik bo’lgan so’ng, Begonalar do’st bo’lar. Bedavlatning noni yarim. Bepul bozorga borguncha, Kafan olib mozorga bor. Bechoraning daryo to’pig’idan kelmas.

Faqirlik va boylik haqida maqollar Читать дальше »

Erk va erksizlik haqida maqollar

Birovga qui bo’lgandan Ko’pchilikka bo’ysungan yaxshi. Birovning qoiida o’g’il bo’lguncha, O’z uyingda qui bo’l. Bo’ynidan bog’langan it ovga yaramas. Darding bo’lsa bo’lsin, qarzing bo’lmasin. Devonaga ikki dunyo barobar. Devonaga yo’l bo’lsin, deb bo’larmi. Dunyo — bevafo, mol-dunyo — bebaqo. Yegan og’iz uyalar. Iso ham o’z yo’liga, Muso ham o’z yo’liga. It o’z uyida — botir.

Erk va erksizlik haqida maqollar Читать дальше »

Epchillik va noshudlik haqida maqollar

Abjir bo’lsa farzanding, Cho’ldan non terar. Yalqov bo’lsa farzanding, Yerdan don termas. Baytal chopib, poyga olmas. Balaq turilmay, baliq tutilmas. Bebarorlik bo’lmasa, Kelin tushda gapirmas. Bilaman — dedim, tutildim, Bilmayman — dedim, qutuldim. Bilgan odam qo’li bilan quyon ovlar. Bilmaganga bit o’ldirish qiyin. Bir shaltoqning ishini Yigirma epchil eplay olmas. Bozor bilgan och qolmas, Yo’l

Epchillik va noshudlik haqida maqollar Читать дальше »

Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik haqida maqollar

Avaylab so’zla so’zingni, Devorning ham qulog’i bor. Avaylab uchmagan qush Qanotidan ayrilar. Avval otingni taqala, Keyin yo’l tarda. Ayolning nozidan qo’rq, Ahmoqning — so’zidan. Ayiqni yo’qlasang, tayoq ol. Aytgan joyning zavqi bor, Aytmagan joyning — xavfi. Aytgan so’zni yutib bo’lmas. Aytilmagan sir — dilingning siri. Aytgan so’ng sen — sirning asiri. Aytilgan so’z — otilgan

Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik haqida maqollar Читать дальше »

Ehtiyoj va zaruriyat haqida maqollar

Boshi og’rimaganning xudo bilan nima ishi bor. Buzoq somonxonani bo’shatar, Bola — nonxonani. Burunni sassiq deb kesib bo’lmas. Bo’rini ko’rsa, ovul iti birlashar. Bo’rining qulog’i — ovda. Gadoga oq xalta ham bir, ko’k xalta ham. Dunyoning kerakligini bozorda bildim, Oxiratning kerakligini — mozorda. Yog’och suvdan to’ymas. Jon qiynamay, yumush bitmas, Talaba bo’lmay, murodga yetmas. Zarurat

Ehtiyoj va zaruriyat haqida maqollar Читать дальше »

Donolik va nodonlik haqida maqollar

Adashgan aqldan ozar. Adashmagan til, Toyrilmagan tuyoq yo’q. Ayolning husni pardozda emas, aqlida. Aybini yashirmoq nodonlar ishi. Aynlining bolasi qarg’aning tilini bilar. Ayron osh bo’lmas, Nodon — bosh. Aytguvchi nodon bo’lsa, Tinglovchi dono kerak. Amalga qarama, aqlga qara. Anqov o’yin buzar, Tentak — uyin. Achchig’ing oldin yursa, Aqling keynidan oshib kelsin. Achchig’ing chiqsa ham, aqling

Donolik va nodonlik haqida maqollar Читать дальше »

Do’stlik va dushmanlik haqida maqollar

Ablah do’st dushmandan yomon, Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. Ajal olib kelsa yov, O’ldir, berma hech ayov. Aybsiz do’st izlagan do’stsiz qolar. Arpa-bug’doy bir kuningga yaraydi, Sodiq do’sting o’lguningcha yaraydi. Ash dushman do’st bo’lmas, Qaynab qoni qo’shilmas. Asli dushman el bo’lmas, Etakni kessang, yeng bo’lmas. Ash dushman yon bermas, Yon qoziqdan son bermas. Ash qora

Do’stlik va dushmanlik haqida maqollar Читать дальше »

Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar

Arpa yotsa, ombor sol. Arpaga — o’rim, Bug’doyga — ko’rim. Bedov boylovda semirar, Qo’y-qo’zi — yaylovda. Bir yil tariq eksang, bir yil shudgor qil. Bir yil tut ekkan kishi Qirq yil gavhar terar. Bog’bon bog’ini tuzar, Dehqon dalasin suzar. Bog’bon bo’lsang, sarxar qil, Dehqon bo’lsang, shudgor qil. Bog’ni qishda ko’l qil, Yozda cho’l qil. Bug’doy

Dehqonchilik va chorvachilik haqida maqollar Читать дальше »