Adib Ahmad Yugnakiy (VIII asr)

Ilk islom davrining turkiy tildagi madaniyat obidalari bizgacha juda kam yetib kelgan. Hozircha turkiy adabiyotning bizga maʼlum namoyandasi mashhur “Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi Ahmad Yugnakiy boʻlganligini qayd etish mumkin. Ahmad Yugnakiy haqidagi maʼlumotlarni biz XV asrga oid Alisher Navoiy, Arslon xoja Tarxon va boshqalar yozib qokdirgan maʼlumot hamda shoirning oʻz yozganlaridan bilamiz. Ahmadning bobosi Movarounnahrda […]

Adib Ahmad Yugnakiy (VIII asr) Читать дальше »

Berdaq (1827-1900)

Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat shoiridir. U XIX asrda yashab ijod etgan. Shoirning asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli boʻlib, Berdaq uning taxallusidir. Mutafakkir toʻgʻrisida maʼlumotlar kam saqlanib qolgan. Uning tarjimai holi va ijodiga oid maʼlumotlarni, asosan, oʻzining asarlarida uchratish mumkin. U Orol dengizining janubida joylashgan Moʻynoq tumanining Oqqalʼa degan joyida dunyoga kelgan. Berdaq oʻn yoshligidayoq

Berdaq (1827-1900) Читать дальше »

Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931)

“Munavvar” – nur olgan, nurli degani. Turkiyada hozir ham bu soʻzni ziyoli oʻrnida qoʻllaydilar. “Qori” deb Qurʼonni maromiga yetkazib oʻqiydiganni aytganlar. U Toshkentning maʼrifatli bir xonadonida tugʻilib, ismiga munosib boʻlib oʻsdi. Hujjatlardan uning Shayxontohur daha, Darxon mahallasida tugʻilib oʻsgani maʼlum boʻladi. Otasi Abdurashidxon mudarris, onasi Xosiyatxon otin boʻlgan. Munavvar onasi qoʻlida savod chiqargan. Dastlab Toshkentda

Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) Читать дальше »

Farhod Musajonov (1933–2013)

Yozuvchi oʻz tarjimai holida shunday yozgan: “Men Toshkentda, Oʻqchi mahallasida tugʻilganman, 1933 yil 19 dekabrda. Bizning hovlimiz yangi tushgan konservatoriya binosining oʻng qanotida joylashgan edi. Buvim (ota tarafdan) savodxon ayol boʻlganlar. Bolaligimda koʻp bor koʻrganman, tanchani bozillatib kitob oʻqib oʻtirardilar. ‒ Buvi, qanday kitob oʻqiyapsiz? ‒ deb soʻraganim esimda. ‒ Men dostonlar oʻqiyman ‒ “Dalli”, “Alpomish”,

Farhod Musajonov (1933–2013) Читать дальше »

Maxtumquli (1733-1793)

Mashhur turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan talant sohibi. U shoir Ozodiy Davlatmamat oilasida 1733 yilda tugʻilib, boshlangʻich savodni ovul maktabida oladi. Soʻng oʻz ilmini oshirish maqsadida Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, oʻzbek adabiyotining oʻtmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishadi. Maxtumquli bir qancha fanlarni oʻzlashtirish bilan birga, zargarlik

Maxtumquli (1733-1793) Читать дальше »

Nazar Eshonqul (1962)

Isteʼdodli yozuvchi Nazar Eshonqul 1962 yili Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida tugʻildi. 1979 yili oʻrta maktabni tugatib, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1981–1986) hamda shu universitet aspiranturasida (1986–1991) tahsil oldi. Shundan keyin Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon adabiyoti” jurnalida ishladi. 1997 yildan buyon Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi. Nasrimizning oʻtgan asr 80-90 yillaridagi

Nazar Eshonqul (1962) Читать дальше »

Tursunoy Sodiqova (1944–2017)

Tursunoy Sodiqova 1944 yili Andijonda tavallud topdi. Toshkent davlat universitetida tahsil oldi (1961–1966). Mehnat faoliyatini oʻrta maktabda dars berishdan boshlab, keyinchalik Andijon davlat chet tillar institutida, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida xizmat qildi. Shoiraning “Kuy” nomli birinchi kitobi 1976 yilda chop etildi. Shundan keyin u “Gul fasli” (1981), “Iqbol” (1984), “Dil gavhari” (1985), “Izlay-izlay topganim”

Tursunoy Sodiqova (1944–2017) Читать дальше »

Erkin Aʼzam (1950)

Erkin Aʼzam 1950 yili 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1967–1972). Oʻzbekiston radiosida muharrir (1972–1976), “Guliston” jurnalida xodim, adabiy kotib, (1976–1981), “Yoshlik” jurnalida boʻlim mudiri (1981–1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida koʻp jildli asarlar tahririyati mudiri (1986–1992), Oʻzbekiston respublikasi Milliy axborot agentligi Bosh

Erkin Aʼzam (1950) Читать дальше »

Rauf Parfi (1943–2005)

Rauf Parfi 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻildi. Ota-onasi Parfi Muhammad Amin va Sakina Isabek qizi mustabid tuzum davrida ona yurti Fargʻonaning Vodil hududidan quvgʻin qilingan edi. Boʻlajak shoir boshlangʻich va oʻrta taʼlimni “Sharq yulduzi” (1-7-sinflar), Shoʻralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyoʻl shahridagi Alisher Navoiy nomidagi (10-sinf, kechki) maktablarda oldi. Toshkent Davlat

Rauf Parfi (1943–2005) Читать дальше »

Turob Toʻla (1918–1990)

Qoʻshiqchi shoir va dramaturg Turob Toʻla 1918 yil Qozogʻiston Respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlogʻida tugʻilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1935–1941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki boʻlimida tahsil oldi. Soʻngra Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir, Oʻzbekiston radiosida boʻlim boshqaruvchisi, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida adabiy boʻlim mudiri, Respublika kinochilar uyushmasida kotib, Sanʼat ishlari boshqarmasida boshliq, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot

Turob Toʻla (1918–1990) Читать дальше »