Tohir Malik (1946–2019)

Tohir Malik (Tohir Hobilov) 1946 yilning 27 dekabrida ziyoli oilada dunyoga keldi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi. Qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishladi. Keyinchalik hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, boʻlim boshligʻi vazifalarida ishladi (1966). Harbiy xizmatni oʻtab qaytgach, Respublika radiosida, “Choʻlpon”, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida, “Guliston”, […]

Tohir Malik (1946–2019) Читать дальше »

Asqad Muxtor (1920–1997)

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir. Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi

Asqad Muxtor (1920–1997) Читать дальше »

Mahmudxoʻja Behbudiy (1875–1919)

Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boʻsagʻasidaga Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr oʻzbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat gʻoyasining yalovbardori, yangi maktab gʻoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʻzbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U tariximizning gʻoyat ogʻir va murakkab bir davrida yashadi. XVI asrdan boshlangan inqiroz va turgʻunlik,

Mahmudxoʻja Behbudiy (1875–1919) Читать дальше »

Isʼhoqxon Toʻra Ibrat (1862-1937)

Milliy uygʻonish davrining yorqin namoyandalaridan biri, maʼrifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Isʼhoqxon Toʻra Ibrat 1862 yili Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon qishlogʻida ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi Junaydulla xoʻja, onasi Hurbibi otin xat-savodli kishilar boʻlib, maktabdorlik qilishgan. Isʼhoqxon ota-onasi qoʻlida savod chiqarib, keyin turli maktab va madrasalarda oʻqiydi. Qoʻqon madrasasi tahsili (1878-1886) yillari Isʼhoqxon Ibrat

Isʼhoqxon Toʻra Ibrat (1862-1937) Читать дальше »

Muhammad Yusuf (1954–2001)

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil oldi. Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat

Muhammad Yusuf (1954–2001) Читать дальше »

Abdulla Oripov (1941–2016)

Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan keyin (1958), hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1958–1963), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, “Yosh gvardiya” va Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida muharrir, “Yosh gvardiya” dramatik teatrida badiiy

Abdulla Oripov (1941–2016) Читать дальше »

Худойберди Тўхтабоев (1932)

Худойберди Тўхтабоевнинг “Таржимаи ҳолимдан лавҳалар”ида шундай ёзилган: “Мен 1932 йилнинг 17 декабрида Фарғона вилоятидаги Катта Тагоб қишлоғида туғилган эканман. Отам Тўхтавой 21 ёшида қулоқ қилинган бўлиб, Тожикистоннинг Чорку деган жойида вафот қилган. Икки йилдан сўнг онам Сорабиби холаси Аширбиби ўлиб, беш боласи етим қолгани сабабли, унинг эри Уста Қодирга турмушга чиққан (қариндошларнинг қарори шундай бўлган) экан.

Худойберди Тўхтабоев (1932) Читать дальше »

Abu Nasr Forobiy (873-950)

Forobiy uning taxallusi boʻlib, toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Oʻrta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bogʻliq. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va

Abu Nasr Forobiy (873-950) Читать дальше »

Abdulla Avloniy (1878-1934)

XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski

Abdulla Avloniy (1878-1934) Читать дальше »

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur oʻrgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tugʻildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qoʻlida taʼlim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Читать дальше »