Abdulla Qodiriy adabiyot haqida

So‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Tuzilgan jumlani yozuvchining o‘zigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozuvchilik aytmoqchi bo‘lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdadir. Qalam — o‘qlog‘i, adabiyot — ketmon bozori emas. Yo‘sinsiz ravishda xotiraga kelgan har bir so‘zdan jumlalar to‘qimoq fazilat sanalmaydi. So‘z qolip, fikr uning ichiga qo‘yilgan […]

Abdulla Qodiriy adabiyot haqida Читать дальше »

Abdulla Qodiriy. Yozuvchi bo‘laman degan kishi…

Yozuvchining o‘zidan qo‘shishi (ruscha aytganda, vыmыsel) adabiy asarda katta rol o‘ynaydi. Lekin men turmushda ko‘rmagan, bilmagan narsam haqida hech narsa yozmayman. Har bir asarimning yozilishiga turmushda uchragan biror voqea sabab bo‘ladi… Men materiallarni o‘rganish mahalida asarni qaysi xilda yozish haqida bosh qotirib yuraman. Shuning natijasida men o‘zimcha asarimning juda ham taxminiy sxemasini tuzib olib, keyin

Abdulla Qodiriy. Yozuvchi bo‘laman degan kishi… Читать дальше »

Abu Ali ibn Sino hikmatlari

Ilm — narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir. Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar. Quyosh ko‘rlarga ko‘rinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda to‘g‘ri yo‘l belgilari ko‘rinmay qoladi. Kundalik rizq ko‘p, qayg‘uraverma. Shu bilan birga mol orttiraman, deb o‘zingni ko‘p qiynaverma. Chunki har kim o‘z nasibasidan ortiq bitta

Abu Ali ibn Sino hikmatlari Читать дальше »

Abu Ali ibn Sino. Axloq, ta’lim-tarbiya haqida

Har bir tabiiy narsa o‘lchangan bo‘ladi, lekin har bir o‘lchangan narsa tabiiy bo‘lavermaydi. * * * Qanoat deb, o‘ziga kifoya qiladigan narsaga erishishga aytiladi; buni bo‘shashganlik ham deyishadi. Qanoat kamtarlik va uncha-muncha narsani nazarga ilmaydigan xislat bilan hirs o‘rtasida bo‘ladi. * * * Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga

Abu Ali ibn Sino. Axloq, ta’lim-tarbiya haqida Читать дальше »

Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy o‘gitlaridan

Qalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi. * * * Sababsiz uzr gunohdir, ishonch yo‘qolishi bilan qilingan takalluf haqoratdir. * * * G‘azab hurmatni unutadi, yaxshiliklarni ko‘mib yuboradi va gunohsizlar uchun jinoyatlar vujudga keltiradi. * * * Inson ehsoni bilan, ehson sultoni bilan, sulton zamoni bilan, zamon imkoni bilan, imkon esa makonini belgilab berishi bilan.

Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos al-Xorazmiy o‘gitlaridan Читать дальше »

Abu Rayhon Beruniy hikmatlari

Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi. * * * Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.   * * * Odamlarning tuban darajalisi ham o‘zidan tubanroq bo‘lgan birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas. * * * Har bir yangi narsada lazzat bor. * * * Bugunning

Abu Rayhon Beruniy hikmatlari Читать дальше »

Abu Rayhon Beruniy. Ilmlarning foydasi

Agar olis ­tariximizga nazar solsak, 4 sentyabr dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan benazir qomusiy olimimiz Abu Rayhon Beruniy bobomiz tavallud topgan kun ham hisoblanadi. Shu munosabat bilan buyuk allomaning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mas’ud qonuni” va boshqa ko‘plab yirik asarlaridan saralab olingan hikmatlar, rivoyat va qaydlarni gazetxonlar ­e’tiboriga havola qilmoqdamiz. O‘n ikki ming teriga

Abu Rayhon Beruniy. Ilmlarning foydasi Читать дальше »

Azimjon Qosimov. Aqlga quvvat bitiklar

Ba’zi mushtipar odamlarni va hatto yosh-yalanglarni ko‘rib, eshitib taajjubda qolasan kishi: savob izlab, yaxshilik tilab yuzlab chaqirim yo‘l bosib avliyolarning qabrlarini, mozoru qabristonlarini ziyorat qiladilar (ziyorat qilish, ularni duo qilish yaxshi amal). Ularga aziz peshonalarini tekkizib o‘padilar, sajda qiladilar. Ziyoratlari asnosida ulardan madad, hidoyat, xayr so‘raydilar. Og‘irlarini yengil, mushkullarini oson qilishni iltijo qiladilar (bunday amal

Azimjon Qosimov. Aqlga quvvat bitiklar Читать дальше »

Azmu jazm bilan ish tut (Amir Temur o‘git va yo‘riqlaridan)

Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. Kengash ikki turli bo‘lur: biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim. Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek

Azmu jazm bilan ish tut (Amir Temur o‘git va yo‘riqlaridan) Читать дальше »

Ayzek Azimov hikmatlari

Odamlar o‘zlarini qo‘shnilaridan yaxshiroq, madaniyatlari qadimiyroq va yuqoriroq, boshqa yerlarga tarqalgan jamiki yaxshi jihatlar ulardan olingan, yomonliklar esa o‘zga mamlakatlarda o‘ylab topilgan, deb hisoblashga o‘rganib qolganlar. *** Kelajakda ham kitobning o‘rnini hech narsa egallay olmaydi, xuddi o‘tmishda egallay olmaganidek. *** Agar shifokor menga besh minut umrim qolganini aytsa, vahimaga tushmayman. Faqat tezroq nimadir yozib qolishga

Ayzek Azimov hikmatlari Читать дальше »