Prezident maktablariga qabul imtihonlari

DO`STLARGA ULASHING:

Prezident maktablariga qabul imtihonlari

✅ Ertaga, 26-iyul kuni barcha hududlarda Prezident maktablariga qabul imtihonlari boshlanadi.

📆 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2 smenada tashkil etiladi hamda 28-iyulga qadar davom etadi.

⏳ Imtihonlar 1-smenada 8:00 dan 09:00 ga qadar, 2-smenada 19:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❕ Ota-onalardan farzandlarini imtihon bo‘lib o‘tadigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin (1-smenada 06:30 ga qadar, 2-smenada 17:30 ga qadar) olib kelishlari so‘raladi.

🔖 Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan hududga faqat “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma” bilan kiritiladi.

📌 Kech kelgan yoki “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma”si mavjud bo‘lmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

🧢 Imtihonlar ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda talabgorlarga bosh kiyim (kepka, panama) kiyib kelishlari tavsiya qilinadi.