Qabul-2020: Diniy taʼlim muassasalarida qabul

DO`STLARGA ULASHING:

Maʼlumki mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin tartiblari joriy etilgan. Shunga koʼra taʼlim muassasalarida karantin taʼtili eʼlon qilingan boʼlib, oʼquv-mashgʼulotlari masofaviy taʼlim shaklida olib borilmoqda.
Shuningdek, talabalarning oʼquv yilini yakunlashi hamda bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy attestatsiyalari va bitiruv malakaviy ishi himoyalari ham masofaviy taʼlim shaklida oʼtkaziladi.
Oliy va oʼrta maxsus diniy taʼlim muassasalarida tasdiqlangan qabul Nizomiga koʼra oʼrta maxsus islom taʼlim muassasalarida abiturientlardan hujjat qabul qilish 15 iyundan 5 iyulgacha, oliy diniy taʼlim muassasalarida esa 15 iyundan 15 iyulgacha oʼtkazilishi belgilangan.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida diniy taʼlim muassasalarida 2020-2021 oʼquv yili uchun abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish yuqorida qayd etilgan muddatlarda onlayn, masofaviy shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Аvvalgi yillarda qabul imtihonlari oʼrta maxsus islom taʼlim muassasalarida 3 ta fan (Chet tili, Tarix, Maʼnaviyat va maʼrifat) boʼyicha test sinovi shaklida;
Toshkent islom instituti va Mir Аrab oliy madrasasida “Аrab tili” fani boʼyicha ijodiy imtihon, “Fiqh va aqoid”, “Oʼzbekiston tarixi” fani boʼyicha test sinovi shaklida;
Hadis ilmi maktabida “Hadis va mustalahul hadis”, “Аrab tili” fani boʼyicha ijodiy imtihon, “Oʼzbekiston tarixi” fanidan test sinovi shaklida oʼtkazilgan edi.
Yurtimizda karantin tartiblari davom etayotgani va abiturientlarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020-2021 oʼquv yili uchun diniy taʼlim muassasalariga kirish test imtihonlarini istisno tariqasida fanlarni qisqartirish boʼyicha takliflar ham koʼrib chiqilmoqda.
Eslatib oʼtamizki, oʼrta maxsus islom taʼlim muassasalariga umumiy oʼrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega boʼlgan fuqarolar, oliy diniy taʼlim muassasalariga oʼrta maxsus islom taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari oʼtkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid maʼlumotlar Oʼzbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sahifalari orqali berib boriladi.
Salohiddin Sherxonov
Taʼlim va ilmiy-tadqiqot
boʼlimi mudiri
islaminstitut.uz/14024

24 комментария к “Qabul-2020: Diniy taʼlim muassasalarida qabul”

  1. Уведомление: digital transformation cloud

  2. Уведомление: devops companies

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: ทางเข้า maxbet

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: psilocybin grow kits with spores​

  7. Уведомление: เงินด่วน

  8. Уведомление: discreet dating sites

  9. Уведомление: colorado psilocybin shop​

  10. Уведомление: buy night hawk custom guns

  11. Уведомление: pour plus d'informations

  12. Уведомление: buy psilocybin mushrooms in denver​

  13. Уведомление: peaceful music

  14. Уведомление: workout motivation music

  15. Уведомление: calm music

  16. Уведомление: stress relief

  17. Уведомление: image source

  18. Уведомление: piano jazz music

  19. Уведомление: relaxing sleep music

  20. Уведомление: Christmas jazz music

  21. Уведомление: jazz instrumental

  22. Уведомление: soothing piano

  23. Уведомление: outdoor coffee shop ambiance

  24. Уведомление: ข่าวบอล

Комментарии закрыты.