Qabul qiluvchi telefonida saqlanmaydigan SMS yuborishni bilasizmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Beeline o‘z mijozlariga ajoyib bir imkoniyat taqdim qiladi — «SMS Flash» xizmati.

«SMS Flash» xizmati bilan saqlanmaydigan SMSlarni to‘g‘ri suhbatdoshingiz ekraniga yuborishingiz mumkin!

Qanday ulanish mumkin?

Xabarni o‘qishi uchun qabul qilib oluvchi «Ochish» yoki «O‘qish» tugmalarini bosishi shart emas, uning o‘zi telefon ekranida paydo bo‘ladi.

SMS Flash qanday yuboriladi?

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun xabar oldidan *flash# va probeldan keyin istalgan matnni yozing. Masalan: *flash# Salom!

Mazkur xizmatning yana bir afzalligi shundaki, bunday xabarlar qabul qiluvchining telefoni xotirasida saqlanmaydi.

SMS yuborish tariflari amaldagi tarif rejasiga muvofiq.

Qo‘shimcha ma’lumot

— Har qanday SMS paketlar yoki «SMS Non-Stop» xizmati mavjud bo‘lganda, «SMS Flash» yuborilayotgan vaqtda ushbu paketlar hisobidan, ular bo‘lmagan holatda tarif rejasiga muvofiq asosiy balansdan yechiladi.
— Xizmat faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi.

terabayt.uz

Оставьте комментарий