Qahva va shokolad dogʼlaridan xalos boʼlamiz

DO`STLARGA ULASHING:

Ketishi qiyin boʼlgan dogʼlar yangi kiyimni ham eskidek koʼrsatishi mumkin. Bunday sharoitda esa reklama qilinayotgan kir yuvish vositalari ham yordam bermaydi. Qahva, shokolad va kakaoni esa juda koʼpchilik sevib isteʼmol qiladi. Shunday vaziyatlarda baʼzan ehtiyotsizlik sabab qahva yoki shokolad bilan liboslarimizni dogʼ qilib olamiz. Аmmo bu dogʼlarni ketkazish ancha qiyin. Demak, sizga quyidagi qoʼshimcha usullardan foydalanish qoʼl keladi.
Young woman in kitchen, coffee spilit on shirt
Libosni tozalashda qoʼshimcha usullardan foydalanishdan avval (ayniqsa, boʼyalgan matolardagi dogʼlarni ketkazishda ehtiyot boʼlish darkor) uni libosning koʼrinmaydigan qismida sinab koʼrgan maʼqul.
Dogʼlarni ketkazishdan avval undagi kirni chyotka yordamida ketkazib olish kerak. Аks holda, dogʼ kengayib ketishi mumkin.
Dogʼni libosning ichki tomonidan mato tagiga oq matoga oʼralgan kichkina taxtachani qoʼyib ketkazish kerak.
Dogʼni oq mato, paxta (quloq tozalagich ham juda qulay) bilan tozalash mumkin.
Dogʼ chetidan oʼrtasiga qarab ketkazilsa, maqsadga muvofiq boʼladi. Shunda dogʼ kengayib ketmaydi.
Qahva dogʼi oldiniga issiq suvga botirib olingan chyotka bilan tozalanadi. Keyin esa issiq sovunli suvda (bir litr suvga yarim choy qoshiq kalьtsinasiyalangan soda yoki bir choy qoshiq nashatir spirti qoʼshiladi) yaxshilab tozalanadi. Libosni oldiniga issiq, keyin esa sovuq suvda chayish kerak.
Yorqin ranglarga boʼyalgan, junli va ipak matolardagi qahva, shokolad hamda kakao dogʼlari 35 daraja haroratda qizdirib olingan glitserin yordamida ketkaziladi. Dogʼni glitseringa botirilgan paxta bilan tozalab, 10 15 daqiqadan soʼng issiq suvda yuvib tashlash kerak.
2:1 nisbatda glitserin hamda nashatir spirti suvga solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Аralashma bilan ipak matolardagi dogʼlarni ketkazish mumkin.
Zigʼir tolasidan toʼqilgan mato yoki ip gazlamalardagi qahva dogʼlarini qaynatib ketkazish mumkin. Mato qaynatiladigan suv yazshilab sovunlangan boʼlishi kerak. Matoni dogʼ ketkunicha qaynatish kerak.
Bu turdagi dogʼlarni ketkazishda osh tuzi ham yordam berishi mumkin.

Оставьте комментарий