Tiniqib uxlashning siri

DO`STLARGA ULASHING:

“Yeve Sleep” kompaniyasi xodimlari 2000 nafar britaniyalik o‘rtasida so‘rov o‘tkazishdi.
Yakunda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, tiniqib uxlash uchun soat 22: 39 da uyquga yotish, undan 37 daqiqa oldin esa smartfondan foydalanishdan cheklanish lozim ekan. Shuningdek, uyquga ketish oldidan kitob o‘qish ham uyqu sifatini oshirishi ta’kidlanmoqda. Xona harorati esa 16 darajada iliq bo‘lishi, yotoqxonada chiroq o‘chirilishi lozim.
So‘rovda ishtirok etganlarning 44 foizi yotoqxonada yolg‘iz yotganda tiniqib uxlashi, o‘ndan uch qismi uyqudan oldin kitob o‘qishi, beshdan ikki qismi esa xona qorong‘u bo‘lmasa ko‘zi ilinmasligini qayd etishgan. Yana ko‘ngillilarning o‘ndan uch qismi turmush o‘rtog‘ining xurragidan aziyat chekishi haqida arz qilishgan.
soglom.uz/tavsiya/tiniqib-uxlashning-siri/

Оставьте комментарий