Qanday qilib vitamin D yetishmovchiligini tabiiy ravishda oldini olish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

‼️Qanday qilib vitamin D yetishmovchiligini tabiiy ravishda oldini olish mumkin?‼️

💊1. Har kuni tushlik vaqtigacha bola bilan quyosh nurlari ostida aylanish lozim. Tushlikdan so’ng quyosh nurlari teriga zarar keltiradi.

💊2. Xomilador ayollar haftasiga ikki marta yog’li baliq (syomga, forel, tunes) mahsulotlaridan iste’mol qilishlari kerak;

💊3. Bolaga haftada ikki marta syomga, forel, tunes balig’ini yoki ularning konserva shaklidan ovqat tayorlab berish juda foydali. Baliq bolaning aqliy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
*** Baliqni duxovkada folgaga solib pishirish lozim. Undan tashqari baliqni vitamin C ga boy sabzavotlar bilan iste’mol qilsa, vitamin D organizmga yaxshi so’riladi.

💊4. Bola nonushtasida tuxum sarig’i va sariyog’ bo’lib turishi ham foydali.
Kasha va non mahsulotlarini ko’p yeydigan bolalar ayniqsa vitamin Dga ehtiyoji katta bo’ladi.
Yana bir bora ta’kidlashimiz o’rinli bo’ladi, vitamin Dning yetishmovchiligi raxit kasalligiga olib kelsa, uning organizmda ortib ketishi ham salbiy oqibatlarga ega. Shuning uchun vitamin D qo’shimcha vitamin tarzida qabul qilinsa, shifokor bilan maslahatlashib uni me’yyoridan ortib ketmasligini ta’minlash zarur.
YOSH_ONALARGA_MASLAHATLAR

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek