Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?

DO`STLARGA ULASHING:

Sizningcha, “yashil robotchali” qurilmalar uchun ishlab chiqilgan ilovalarning qaysilari fon rejimida akkumulyatorning zaryadini ko‘proq sarflashini bilasizmi? Avast antivirus kompaniyasining mutaxassislari bunga jiddiy yondashib, tajribalar yordamida o‘rganib chiqishdi.
Qizig‘i – eng «ochofat» dasturlar orasida qurilmaning avtonomligini oshirish maqsadida fondagi jarayonlarni optimizatsiya qilishga mo‘ljallangan ilovaning o‘zi ham bor ekan!
Xullasi kalom, Avast mutaxassislarining aniqlashlaricha, Samsung AllShare utilitasi eng quvvattalab ilova ekan. Shu dastur hamda ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi pog‘onalarini band etgan ilovalar janubiy koreyalik texnogigantning barcha Android-smartfonlariga boshidanoq o‘rnatilgan bo‘ladi.
Mana, quvvatni eng ko‘p «yeydigan» ilovalar reytingi quyidagicha:
Guvohi bo‘lib turganingizdek, fon rejimida eng ko‘p quvvat sarflovchi «ochofat» ilovalar qatoriga yana Facebook, WhatsApp, Google Maps, WeChat, Outlook va boshqalar ham kirishi aniqlandi.

Оставьте комментарий