Qish mavsumi uchun foydali mahsulotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Qizil bulg‘or qalampiri vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, holsizlik xastaliklarida samarali ta’sir kuchiga ega. Pomidor sharbatiga konservalangan bulg‘or qalampiri o‘zining xususiyatlarini yaxshi saqlaydi.

Sarimsoq piyoz organizmni yog‘li va ishqorli ortiqa moddalardan tozalaydi. Qon tomirlar faoliyatini mustahkamlaydi. Sklerozning oldini oladi va o‘smalar rivojlanishiga qarshi kurashadi.

Qurutilgan qovoq tarkibi vitamin,  kraxmal, shakar, karotin, pektin, fosfor, temir moddalariga boy. U parhezbop mahsulot sanaladi.

Sutda qaynatib pishirilgan olcha artroz kasalligidan aziyat chekayotgan insonlar uchun ayni muddao sanaladi.

Quritilgan mevalar. Mayiz, turshak, qarag‘at, olcha qoqisidan qishda mazali va xushbo‘y sharbat tayyorlash mumkin. Qaynoq suvda ivitib, so‘ng tanovul qilingan quruq mevalar esa undan ham foydalidir.

 

Xurshida HUSENOVA

soglom.uz/tavsiya/qish-mavsumi-uchun-foydali-mahsulotlar/

Оставьте комментарий