Qondagi qand miqdorini pasaytiruvchi tabiiy vosita (Juda foydali)

DO`STLARGA ULASHING:

?? Qondagi qand miqdorini pasaytiruvchi tabiiy vosita
(Juda foydali)

?Bugun koʼpchilikni qondagi qand miqdori tashvishga solmoqda. Аyniqsa qandli diabet bilan ogʼriydigan bemorlar bu muammoga har kuni duch keladilar.

?Behollik, ogʼiz qurishi, mayda yaralarning qiyin bitishi, ishtahaning oshishi, koʼz nurining pasayishi — bularning bari qondagi yuqori miqdordagi glyukozadan dalolat beradi.

?Qondagi qand miqdorini pasaytiruvchi mahsulotlardan biri — qovoq danakchalaridir. Ular katta miqdorda foydali elementlar manbai boʼlib, qovoq danakchalari — qon tarkibini yaxshilovchi temir moddasiga ham boy.Uni isteʼmol qilganda — yurak toʼgʼri ishlashi uchun barcha kerakli ozuqalarni oladi. Shu bilan birga qovoq danakchalari husnbuzarlarga qarshi ajoyib vosita boʼlib, terining umumiy holatini yaxshilaydi.
Qovoq danakchalarini har kuni isteʼmol qilish qondagi qand miqdorini ham pasaytirar ekan.

?⚘Mahsulotlar:

?-150 gr tozalangan qovoq danakchalari;
?-suv;
?-1/2 choy qoshiq koritsa(hushboʼylik uchun);
?-4-5 dona xurmo.

?Danakchalarni 8 soatga suvda ivitib qoʼyamiz. Soʼng suvni toʼkib tashlab, blenderda maydalaymiz, 4 piyola suv qoʼshib yana blenderda aralashtiramiz. Аralashmani dokadan oʼtkazib, maydalangan xurmo va koritsa qoʼshamiz.

?Soʼng qovoq urugʼi sutini shisha bankaga solib sovutgichga qoʼyamiz. Shifobaxsh ichimlikni ertalab och qoringa 100 grdan ichib, 30 daqiqadan soʼng nonushta qilish mumkin. Qovoq sutini 4 kun ichib 4 kun dam olinadi va yana ichiladi.

Оставьте комментарий