Ranglarda qanday maʼno bor

DO`STLARGA ULASHING:

Har bir xalq yoki elatning turish-turmushi, urf-odati, dunyoqarashi oʻziga xos, ular uzoq davrlar mobaynida shakllangan. Bu narsa hatto rangga boʻlgan munosabatda ham namoyon boʻladi. Oʻrta Osiyoda, xususan, biz – oʻzbeklarda yorqin ranglarga ijobiy maʼno yuklanadi. Masalan, oq rang ezgulik, soflik belgisi sanaladi. Boshqa millatlar unga boshqacha nazar bilan baho berishi mumkin. Bu esa, boya taʼkidlanganidek, xalqning mentalitetiga – milliy dunyoqarashiga bogʻliq.

Oʻtmishda asir tushgan yoki yengilgan qoʻshin oq bayroq koʻtargan. Oq sulhparvar elchilar va betaraf tomonlarning rangi hisoblanadi. Yaponiya, Hindiston va Xitoyda esa bu rangga motam ramzi deb qaraladi.

 

Oq Hindistonda kasallikni ham ifodalaydi. Qizil esa muhabbat va hayot rangidir.

Qizil Fransiyada aristokratlar rangi sanaladi. Xitoyda baxtni, Yaponiyada esa xavfni anglatadi. Shu sababli yapon multfilmlarida qahramonning gʻazabini, qahrini aks ettirish uchun qizil rangdan koʻp foydalaniladi.

Sariq Amerikada qoʻrqoqlik va irodasizlikni ifodalaydi. Bu rang Xitoyda baxt va boylik, Yaponiyada esa goʻzallik va nafosat belgisidir. Hindular sariqni muvaffaqiyat keltiradi deb hisoblashadi.

Yashil Amerikada xavfsizlikni, Fransiyada esa jinoyatchilikni anglatadi.

Qora Yevropada azaldan yovuzlik, vayronganchilik va oʻlim obrazi boʻlgan. Ayrim sharq mamlakatlarida bu rangga sevgi va oilaviy baxt belgisi deb qaraladi.

Moviy Misrda haqiqat va ezgulikni, Amerikada jasurlikni, Yaponiyada esa tovlamachilik va firibgarlikni bildiradi.

Turli xalqlarning rangga boʻlgan turlicha munosabati bilan qisqacha tanishib chiqdingiz. Endi biroz oʻylab koʻring. Siz qaysi rangni yoqtirasiz? Nima uchun? Sababini asoslab bera olasizmi?

 

Orifjon Madvaliyev

oriftolib.uz

2009

Оставьте комментарий