Real hayotda qizlar bilan tanishish usullari

DO`STLARGA ULASHING:

Odatiy hayotda tasodifiy tanishish tobora «eskichilik»ni eslatmoqda. Shunga qaramay, bu o’z nabiralaringizga aytib beradigan eng romantik vaziyatlardan biri.

Shu bilan birga, bu yo’l boshqa bir qator inkor etilmaydigan afzalliklarga ega. Birinchidan, har doim haqiqiy insonni ko’rasiz, uning qayta ishlangan, yarim tomondan tushirilgan «10 yil oldingi» suratini emas. Ikkinchidan, siz o’zjozibangizni maksimal darajada ishlatishingiz mumkin: afsuski, virtual aloqa hali ham barcha tiriklik nyuanslarini yetkazib bera olmaydi.

Qizlar bilan oflayn tartibda tanishish uchun foydalanishingiz mumkin bo’lgan ayrim usullar.

1. Ishonch va oshkoralikni namoyish eting

Haqiqiy hayotda tanishuv paytida, noverbal (tana harakatlari) signallar sizga qo’l kelishi mumkin. Ochiq pozalar, barqaror (lekin ortiqcha bo’lmagan) ko’z kontakti va samimiy tabassumni unutmang. Ular ishning yarmini bajaradi: notanish qizning e’tiborini tortadi.

2. Yordam taklif qiling

Qizlarga og’ir chamadonini olib borishga yordam berishni yoki yo’lni tushuntirishni taklif etadigan odobli begona yigit, qoida tariqasida, ularning xushnud bo’lishiga sabab bo’ladi. Faqat muloyimlik bilan bezovta qilishni adashtirmaslik kerak. Odatda «yo’q» bu «yo’q» degan ma’noni anglatadi va haddan tashqari qat’iylik sizga ball qo’shmaydi.

3. Begona qizga tegishli har qanday ma’lumotlardan foydalaning

U metroda yoki jamoat transportida taniqli muallif kitobini o’qimoqdami? Yoki unda Dart Veyderning rasmi tushirilgan ko’ylak mavjudmi? Bu birinchi suhbatni boshlash uchun tayyor mavzu.

Lekin bu yerda ham mulohaza yuritish lozim. Qizning qo’l telefonidagi voqealarga fikr bildirish kerak emas, hatto uni qo’li bilan yopmasa ham. Bu shaxsiy hayotga aralashish hisoblanadi.

4. Vaziyatdan foydalaning

Agar siz konsert yoki ko’rgazmada bo’lsangiz, unda sizning qiziqishlaringiz qizning qiziqishlari bilan, ehtimol, mos keladi va suhbat mavzusini topish osonroq bo’ladi. Bu shuningdek eng odatiy joylar: do’kon, kafe, sport zali bo’lishi mumkin. Hatto uy-joy shirkati, nima sabab to’sqinlik qiladi?

Suhbatni boshlash uchun atrof-muhitdan sabab sifatida foydalaning. Misol uchun, qiz ishonsa bo’ladigan kishidek ko’rinishini aytib, qaysi mahsulot yoki taomni tanlash yaxshi deb so’rang. Mashg’ulotlarning nyuanslari yoki mahalla bilan bog’liq masalalarni muhokama qiling. Umuman, kundalik hayotning barcha resurslaridan maksimal darajada foydalaning.

5. Iltifot qiling

Agar iltifot, oddiylikdan mahrum bo’lib, aniq bo’lsa, bu g’alaba qozonish varianti sanaladi. Ko’zlari ummondek va sochlari sharshara kabi ekanligidek oddiy va siyqasi chiqqan so’zlarni unuting. Biroq, originallik bobida me’yoridan oshirib ham yubormang: qizda dunyodagi eng yaxshi barmoq qalinligi yoki tishlarining ideal qiyshiqligi haqidagi ma’lumot tanishish vaqtida, albatta, keraksiz.

Oldindan tayyorlangan juda hashamatli gaplardan ham voz kechgan yaxshi. Chunki, ikkinchi (uchinchi, to’rtinchi va hokazo) gaplar birinchi gapning virtuozligiga mos kelishi kerak. Aks holda, barcha harakatlar zoe ketadi.

Agar o’z oratorlik qobiliyatingizga ishonchingiz komil bo’lmasa, shunchaki yoniga borib, qizni yoqtirib qolganingizni, u sizda qiziqish uyg’otganini tan oling. Samimiyat har qanday yaxshi o’ylangan «gap otish»lardan yaxshiroqdir.

6. Xavfsizlik tarating

Real hayotdagi tanishishlar deyarli har doim kutilmaganda sodir bo’ladi. Barcha to’satdan va noma’lum hodisalar xavf bilan tenglashtiriladi. Shuning uchun, o’ta xushmuomala, odobli bo’ling va hech qachon qizning shaxsiy zonasiga kirmang. Aks holda, sizning his-tuyg’ularingiz uni cho’chitib, tezroq qochib qolishga undaydi. Hatto qolgan hamma narsani to’g’ri qilsangiz ham.

11 комментариев к “Real hayotda qizlar bilan tanishish usullari”

  1. Уведомление: Related Site

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท

  3. Уведомление: bitchysexcam.com

  4. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  5. Уведомление: limanbet giriş

  6. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์

  7. Уведомление: dmt for anxiety side effects

  8. Уведомление: social signals service

  9. Уведомление: แทงบอลออนไลน์

  10. Уведомление: find out here now

  11. Уведомление: https://www.kanonji-mitoyo-med.or.jp/sp/jump/redirect.php?url=https://gasdank.com/

Оставьте комментарий