SABR-QANOAT HAQIDA

DO`STLARGA ULASHING:

Sabr-qanoat  insonlar  uchun  buyuk  bir  fazilat.  Inson  har  bir  ishni  sabr  va

qanoat  bilan  olib  borsa,  maqsadiga  erishadi.  Tinch  va  rohatda  yashashni  istagan

kishi  har  ishda  oshiqmay  ohista  harakat  qiladi,  nafsini  falokatdan,  g’ururdan

saqlaydi.  Sabr  boshimizga  kelgan  balo  va  qazolarga  chidamli  bo’lishimizni  talab

etadi,  shuning  uchun  ham,  birinchidan,  har  bir  ishda  sabr  bilan  harakat  qilish

lozim.  Islom  dinida  sabr  yuksak  fazilatlardan  biri  bo’lib,  mo’min-musulmon

kishining  ruhiy  tayanchi  va  hidoyatga  boshlovchi  omildir.  Sabr  haqida  “Qur’oni

Karim”  da  yetmish  marotaba  zikr  qilingani  ham  bejiz  emas.  Boshqa  hech  qaysi

fazilat  bu  miqdorda  zikr  etilmagan.  Shuning  uchun  ham  “Qur’oni  Karim”  ning

“Anfol”  surasining  46-oyatida  “Sabr-toqat  qilingiz!  Alloh  sabr  qiluvchilar  bilan

birgadur”,-deyilgan.

“Qur’on”  sabrli  kishilarda  uch  xislat  borligini,  bu  xislatlar  ulardan

boshqalarda bo’lmasligini aytadi.

 

Birinchisi,  ularga  Allohning  mag’firati  bo’ladi.  Bu  ular  uchun  maqtov

bo’lib, bu dunyoda ham, u dunyoda ham sharafdir.

 

 

Ikkinchisi, Allohning rahmati. Musibat uchun Alloh lutf va ehson qiladi.

 

 

Uchinchisi, ular hidoyatda yurgan kishilar hisoblanadi. Haq va to’g’ri yo’lda

ekanliklari  uchun  musibat  chog’ida  o’zini  qanday  tutish  kerak  bo’lsa,  shunday

tutganliklari  bois,  ularga  xafagarchilik  va  dard-u  hasrat  o’z  hukmini  o’tkaza

olmasligi ta’kidlanadi.

 

Sabr-toqatli  kishi  har  bir  ishda  diyonatli,  adolatli  bo’ladi.  U  boshqalarning

kamchiligidan  kulmaydi,  aksincha,  unga  yaqindan  yordam  beradi.  Sabr-qanoatli

 

odamda  atrofdagilarga  huzur  bag’ishlaydigan  odatlar  paydo  bo’ladi.  Sabr-toqat

qanchalik  og’ir  bo’lmasin,  keyinroq  shodlik  keltiradi.  Shu  bois,  sabr  bilan  zafar

bir-biriga qadimdan do’st bo’lib kelmoqda.

Оставьте комментарий