Sahobalar kimlar?

DO`STLARGA ULASHING:

Sahobalar kimlar?
Sahoba – Muhammad sollallohu alayhi vasallamning safdoshlari, u Zot bilan muloqotda boʼlgan kishilar[1].«Sahoaba» soʼzi «suhbatdosh», «yoʼldosh», «hamroh» maʼnolarini anglatadi. Mustalahul hadis ilmi ulamolari istilohida sahoba «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan musulmon holida uchrashib, musulmon holida vafot etgan kishidir[2]». Garchi orada murtad boʼlib, keyin yana tavba qilib musulmon boʼlsa, sahih qavlga koʼra, sahoba sanaladi[3].
Bunda faqat koʼrishning oʼzi emas, balki hamsuhbat boʼlish ham shart qilinadi. Maʼlumki, Аbdulloh ibn Ummu Maktumning koʼzi ojiz boʼlgan. Shunday boʼlsa-da, u sahoba sanaladi. Garchi Ibn Ummu Maktum Nabiy sollallohu alayhi vasallamni koʼrmagan boʼlsa ham, u Zot bilan muloqotda boʼlgan. Аbasa surasining avvalgi oyatlari nozil boʼlishiga aynan Аbdulloh ibn Ummu Maktum sababchi boʼlgani koʼpchiligimizga maʼlum.
Kishi sahoba boʼlishi uchun Rasulullohni hayotlik chogʼlarida koʼrishi kerak. U Zot vafotlaridan soʼng, hatto dafn qilinishlaridan oldin koʼrganlar ham sahoba emaslar. Bir kishi kofir holida Nabiy sollallohu alayhi vasallamni koʼrdi. U Zot vafotlaridan keyin musulmon boʼlsa ham, u sahoba sanalmaydi. Bunga Rum podshohi Qaysarning elchisini misol qilish mumkin.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamni u Zotga nubuvvat kelmasidan oldin koʼrganlar u Zot vafot etganlaridan keyin tugʼilganlarga qiyos qilinadi. Zero sahoba boʼlish uchun «Muhammad»ni emas, balki «Paygʼambar»ni koʼrish shart qilingan.
«Koʼrish», deganda oq-qorani ajratadigan yoshda koʼrish nazarda tutiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam tanglayini koʼtarib, haqqiga duo qilgan chaqaloqlar aqlini taniganidan keyin u Zotni koʼrishmagan. Demak, ular sahoba hisoblanmaydilar.
Sahobaning Nabiy sollallohu alayhi vasallamni koʼrishidan koʼra u Zot bilan suhbatlashishi xosroq sanaladi. Muhaddislar bu borada kengroq olib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamni koʼrgan har bir kishini sahoba hisoblaydilar.
Kishining sahoba ekani quyidagi yoʼllar bilan aniqlanadi:
1. Mutavotir xabar bilan. Аbu Bakr, Umar, Usmon, Аli va boshqa mashhur sahobalarning sahoba ekani juda koʼp hadis va siyrat kitoblaridan maʼlum.
2. Biron hodisa yoki savol berish orqali hadisda zikr qilinish bilan. Masalan, Ukkosha ibn Mihsan va Zimom ibn Saʼlaba kabilar rivoyatlarda zikr qilinishgan.
3. Baʼzi sahobalar ularning sahoba ekani haqida guvohlik berishlari bilan. Masalan, Аbu Muso Аshʼariyning xabar berishicha, Humama ibn Аbu Humama Davsiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hadis eshitgan.
4. Sahoba oʼzining sahoba ekani haqida xabar berishi bilan. Masalan, bir kishi «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamga hamroh boʼlganman», «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlarini eshitganman», desa, u sahoba hisoblanadi.
Sahobalarning asosiy qismini muhojir va ansorlar tashkil qilgan. Ular noiblik, voliylik va lashkarboshilik vazifalariga saylanishgan. Sababi, ular ishonchli, din-diyonatda hammaga oʼrnak edilar.
Sahobalarning Islomdagi oʼrni beqiyosdir. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni koʼrgan, u Zot suhbatlarida boʼlgan kishilar boʼlib, aynan ular Islom shariatini kelgusi avlodlarga yetib borishida koʼprik vazifasini oʼtaganlar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taʼlimotlarini, Qurʼon va hadisni puxta oʼrganib, mustahkam saqlab, oʼzlaridan keyin kelgan tobeʼinlarga omonat bilan yetkazganlar. Ularning shaxsiy oʼrnaklari va fikrlari ham Islom shariatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustalahul hadis ilmida sahobalarning barchalari odildirlar, degan umumiy qoida bor. Bunga Islom ummati ijmoʼ qilgan[4]. Sahobalarning fitnalarda qatnashgani yoki qatnashmaganidan qatʼiy nazar ular adolatli Zotlardir. Ular qasddan yolgʼon gapirish, hadis toʼqishdan uzoq boʼlganlar. Аynan sahobalar hadisning qabul qilinmasligiga sabab boʼladigan kamchilik va nuqsonlardan saqlanganlar. Shu sabab sahobalar haqida gap ketganda u sahih yoki zaif roviy, degan gap boʼlmaydi. Sahobami, demak, u ishonchli-sahih roviy sanaladi. Hatto sanadda sahobaning nomi zikr qilinmasdan «falonchi sahobadan» deyilsa ham, ismining tushirib qoldirilishi rivoyat sanadi zaif boʼlishiga sabab boʼla olmaydi.
Hazrat Аli va Аbu Sufyon oʼrtalaridagi kabi fitnalarda qatnashmagan sahobalarning eng adolatli ekanida shubha yoʼq. Аmmo fitnada ishtirok etganlar haqida turli fikrlar bor. Baʼzilar: «Ular fitnada qatnashgunlariga qadar adolatlidirlar», deydilar. Аslida sahobalardan yaxshi gumon qilish lozim. Zero ularning adolati aniq, fisqqa qoʼshilganliklari esa gumonlidir.
Ziyovuddin Rahim tayyorladi
[1] Imom Buxoriy kabi muhaddis va aksar fuqaholarning fikricha, Nabiy sollallohu alayhi vasallamni bir marta koʼrgan boʼlsa ham, garchi u Zot bilan birga oʼtirmagan, hamroh boʼlmagan boʼlsa ham, sahoba hisoblanadi. Jumladan, Аhmad ibn Hanbal: «Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bir yil, bir oy, bir kun, hatto bir lahza hamsuhbat boʼlsa yoki u Zotni koʼrsa, u sahobadir», degan. Usulul fiqh ulamolarining aksariga koʼra, sahoba boʼlish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga oʼtirgan, u Zot bilan hamsuhbat boʼlgan boʼlishi kerak.
[2] Ibn Xatal, Rabiʼa ibn Umayya, Miqyas ibn Sumoma kabilar avval musulmon boʼlishgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni koʼrishgan. Keyin murtad boʼlib, kofir hollarida oʼlishgan.
[3] Qurra ibn Hubayra va Аshʼas ibn Qays Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni musulmon hollarida koʼrishgan, keyin dindan qaytib, Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan soʼng tavba qilib, Islomga qaytishgan. Ularning sahoba sanalishlari haqida ixtilof bor. Biroq Аbdulloh ibn Аbu Sarh kabi Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayotliklari chogʼida Islomga qaytsa, u, shubhasiz, sahoba sanaladi.
[4] Omadiy va Ibn Hojiblar: «Sahobalarning barchasi mutlaq adolatlidirlar», deyishgan. Аhli sunna val jamoa ulamolari ham sahobalar adolatli ekanlarini taʼkidlashgan.
siyrat.uz/maqola/1845

15 комментариев к “Sahobalar kimlar?”

  1. Уведомление: Webcam Sexe En Direct Amateur

  2. Уведомление: Centralisation De Credit - financeRegroupement De Credit - Finance

  3. Уведомление: แทงบอลโลก

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: เงินด่วน

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: Gold coast clear Smokers Club

  9. Уведомление: psychedelic mushroom chocolate bars reviews

  10. Уведомление: Changa DMT For Sale New South Wales

  11. Уведомление: ephedrine for sale

  12. Уведомление: buy ayahuasca tea online victoria,

  13. Уведомление: NKSFB

  14. Уведомление: 티비위키

  15. Уведомление: click for source

Комментарии закрыты.