Samarali va sog‘lom bo‘lish uchun qancha uxlash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Samarali va sog‘lom bo‘lish uchun qancha uxlash kerak?

Tadqiqotchilar ikki yil davomida uyqu, uning tana va farovonlikka ta’siri bilan bog‘liq ilmiy nashrlar va hisobotlarni diqqat bilan o‘rganib chiqishdi. Natijada, yoshga qarab dam olish davomiyligi bo‘yicha yangilangan tavsiyalar paydo bo‘ldi:

* Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat.
* Chaqaloqlar (4–11 oy) — 12-15 soat.
* Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat.
* Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat.
* Kichik maktab o‘quvchilari (6–13 yosh) — 9-11 soat.
* O‘smirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat.
* Yoshlar (18-25 yosh) — 7-9 soat.
* Kattalar (26-64 yosh) — 7-9 soat.
* Keksa odamlar (65 va undan katta) — 7-8 soat.
Raqamlar har bir kishining individual xususiyatlari bilan bog‘liq. Ya’ni, bizga kerak bo‘lgan uyqu miqdori nafaqat yoshga, balki turmush tarzi, faollik darajasi va salomatlikning umumiy holatiga ham bog‘liq.

Uyquga to‘yishni boshlashning yagona usuli bu uyquning davomiyligini sog‘lom chegaralar o‘rtasida tutishdir.

Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, soat 23:00 da uxlashga yotib, soat 6:30da uyg‘onasiz. Ammo, tavsiya etilgan me’yorga amal qilgan bo‘lsangiz ham o‘zingizni yetarlicha uxlamagandek his qilasiz.

Sababi shundaki, uyqu siklik hodisa. U har biri taxminan 90 daqiqa davom etadigan 5-6ta vaqt oralig‘idan iborat. Siklning boshida uyquga ketamiz, o‘rtaga yaqinroq — qattiq uxlaymiz. Oxiriga kelib esa, tana osongina uyg‘onishga tayyor — musiqa yoki aytaylik, quyosh nuridan.

Qisqacha xulosa: Tez va bardam uyg‘onish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlang.

Yana bir tavsiya — uyqu sifatini kuzatadigan va o‘z vaqtida uyg‘otadigan mobil dasturlardan birini ishlatish ham mumkin. Zamonaviy smartfonlarning har birida ularni uchratish mumkin.

Оставьте комментарий