Sevinch va g’am haqida maqollar

DO`STLARGA ULASHING:

Azaga borgan xotin
O’z dardini aytib yig’lar.

Bir yig’ining bir kulgusi bor.

Boshimni bosh desam,
Oyog’imda nima g’am.

Gado non topsa, to’rva topmas.

Dard tomirni yer,
Hasrat — umrni.

Dard ustiga chipqon.

Devorni nam yiqitar,
Odamni — g’am.

Yomg’irdan o’t-o’lan o’sar,
Qo’shiqdan — ko’ngil.

Jahl bilan qartayasan,
Kulgi bilan yasharasan.

Jon bor joyda qazo bor.

Joni borning g’ami bor.

Zang temirni kemirar,
G’am — odamni.

Issiq cho’pni quritar,
Qayg’u erni qaritar.

Ming qayg’u bir ish bitirmas.

Moli ko’pning — g’ami ko’p.

Mushukning o’limi — sichqonga to’y.

Odam odam bilan,
Odam ado g’am bilan.

Odam odam bilan,
Pista bodom bilan.

Ota-onaning dog’i — oz-moz,
Farzand dog’i tinch qo’ymas.

Og’rimagan quloqqa — oltin sirg’a.

Og’riqsiz bosh bosh emas.

Oh tortmasang, soch oqarmas.

Sayohat tanga rohat,
Tan emas, jonga rohat.

Suygan ham qo’shiqchi,
Kuygan ham qo’shiqchi.

Tug’ilish to’lg’oqsiz bo’lmas.
Yuragi to’lganning — yig’isi ko’p.

O’ylasang, qayg’u ko’p,
O’ylamasang, qayg’u yo’q.

O’ynab-kulgin yigitdek,
Siqilmagin chigitdek.

O’limdan achchiq narsa yo’q,
Shodlikdan ortiq boylik yo’q.

O’tda yongan kuyar,
G’amda yongan o’lar.

Qayg’u bitar, shodlik o’tar.

Qayg’u keltirar shodlikdan
Yomg’ir keltirar momaqaldiroq yaxshi.

Qayg’u — umr egovi.

Qayg’u qaritar, g’am o’ldirar.

Qayg’uli boshga qor yog’ar.

Qayg’uni ko’z yoshi yuvolmas.

Qayg’usiz qora suvga semirar.

Qari-yosh qayg’usiz bo’lmas.

Qo’rqqandan quvongan yomon.

G’am yema, beg’am ham bo’lma.

G’am yuki tog’dan og’ir.

G’amsiz oshim — da’vosiz boshim.

G’ash ko’ngilga keng uy ham tor.

Hamdardi bor dard — yarim dard.

Har kechaning kunduzi,
Har kunduzning kechasi bor.

Har kim o’z go’riga yig’lar.

Har kunning o’z tongi bor.

Har narsaga g’am yema,
Parcha nonni kam yema.

19 комментариев к “Sevinch va g’am haqida maqollar”

  1. Уведомление: lsd tabs images

  2. Уведомление: Buy Steroids

  3. Уведомление: top DevOps companies

  4. Уведомление: where to buy dmt online dmt products

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี ได้จริง

  8. Уведомление: chocolate shroom bars for sale

  9. Уведомление: are mushrooms legal in florida

  10. Уведомление: bulut sunucu

  11. Уведомление: buy magic mushrooms online legit only

  12. Уведомление: y2mate.tools

  13. Уведомление: Site internet pour plus d'informations

  14. Уведомление: that site

  15. Уведомление: NKSFB Dave T Bolno

  16. Уведомление: Fysio Dinxperlo

  17. Уведомление: pgslot

  18. Уведомление: white cherry runtz for sale

  19. Уведомление: ดูหนังใหม่ Netflix Viu

Комментарии закрыты.