Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inʼning boyligi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inʼning boyligi qancha?

Kim Chen In oʻzining tahdidli bayonotlari bilan koʻpchilikning nazariga tushgan Shimoliy Koreya rahbaridir (https://youtu.be/TYIov2QjgYU).

Mamlakat iqtisodiy jihatdan kambagʻal boʻlsa-da, mamlakat rahbarining shaxsiy qoʻriqchilarining soni 25 ming atrofida va uning Gavai orollarida shaxsiy oroli va Mamlakatning turli joylarida hashamatli qasrlari mavjud.

Mamlakat rahbarining oʻziga oziq-ovqati uchun yiliga $1 mln sarflanadi. Musiqa asboblari va soatlar kolleksiyasining qiymati $500 mlnʼga baholanadi. Shuningdek, zotdor otlarining qiymati $584 ming.

Avtoparkida $1,5 mln’lik zirhli Mercedes-Maybach, $2 mln’lik Rolls Royce Phantom va boshqa yuzlab qimmatbaho mashinalar mavjud. Shuningdek, $7 mlnʼlik shohona yaxta, samolyot va vagonlarga egalik qiladi.

Uning umumiy boyligi $5 mlrdʼga baholanadi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek