To‘g‘ri yozish uchun 10 ta tavsiya

DO`STLARGA ULASHING:

To‘g‘ri yozish uchun 10 ta tavsiya

1️⃣. Tinish belgisidan foydalanayotganda shu o‘rinda aniq shu belgi ishlatilishini bilsangiz, qo‘ying, bo‘lmasa, qo‘ymang. Shunda darak gapning oxirida ham so‘roq qo‘yib qo‘ymaysiz.

2️⃣. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini bilish uchun imlo lug‘at dasturlaridan foydalaning: muharrir, savodxon, imlo kabi dasturlar pley marketda bor.

3️⃣. Ko‘proq kitob o‘qing, diqqat bilan, albatta.

4️⃣. O‘zbekcha klaviatura o‘rnatib oling (masalan, Android uchun Klavus (https://t.me/itspecuz/1775) mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin).

5️⃣. Yozgan matningizni yuborishdan oldin o‘zingiz o‘qib ko‘ring.

6️⃣. O‘z o‘rnida bosh harflar, tinish belgilarini qo‘yishga erinmang.

7️⃣. Internetda bo‘laveradi degan qoida yo‘q. Bu dangasa, savodsizlar o‘zini oqlash uchun o‘ylab topgan gap. Qaysi bir hurmatli kishini, biror ustozni kuzatsangiz, internetda ham to‘g‘ri yozadi. Mana shunday kishilarga o‘xshashga harakat qilish kerak.

8️⃣. Jargon, shevalardan yozuvda foydalanmang. Sof adabiy tilda yozishga harakat qiling.

9️⃣. Xabaringizni rahbaringizga yozsangiz ham shunday yozarmidingiz? Qarshingizdagi kishi rahbaringiz bo‘lmagani behurmatlik qilishga loyiq degani emas.

🔟. @Xatoliklar, @OrifTolib va @Kitaabun kanallarini kuzatib boring. Iloji bo‘lsa, hammasini o‘qib chiqing.

📝 Manba: @Kitaabun

Оставьте комментарий