SIOFOR tabletka

DO`STLARGA ULASHING:

Siofor tabletka

#Сиофор таблетка

?Dori shakli : tabletka

?Tarkibi : ?

Metformin gidroxlorid — 500 mg , 850 mg , 1000 mg dozalarda chiqadi.

?Ta’siriga ko’ra : ?

Qondagi qand miqdori oshganda tushiradi, qandli diabetda qabul qilinadigan preparat.

Gipoglikemik vosita

?QO’LLANILISHI ?

— Qandli diabetning 2 chi tipida qabul qilinadi

— Qandli diabetning kelib chiqishida semizlikning aloqasi bor holatlarda

— 10 yoshdan katta bo’lgan bolalarda va kattalarda qonda qand miqdori oshib ketganda qabul qilinadi

?QO’LLASH USULI ?

Ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Preparat 500 mg , 850 mg va 1000 mg dozada chiqadi.

Kasallik holatiga qarab shifokor endokrinolog maslahati bilan qabul qilinadi.

?NOJO»YA TA’SIRI ?

—Ko»ngil aynish , qusish

— Diareya , meteorizm

— Qorinda noqulaylik xissi

— Jigar faoliyati buzilishi

— Vitamin B 12 ning so’rilishi buzilishi

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Diabetik komada va koma oldi holatida

— Atsidoz va ketoatsidoz holatida

— Buyrak yetishmovchiligida

— Og’ir infeksion kasallik vaqtlari da qabul qilish mumkinmas

— Qonda qand miqdori past bo’lganda mumkinmas

— Gipoglikemik shokda

— Yurak yetishmovchilik kasalligida

— O’tkir miokard infarkti holatlarida

— O’tkir alkogoldan zaharlangan paytlarda mumkinmas

— Tomir ichiga yod kontrast moddalarni yuborgandagi holatlarda mumkinmas

?ADMIN MASLAHATI ?

Preparatni homiladorlikning 3 chi oyligidan keyin qabul qilish mumkin. Shundayam endokrinolog maslahati bilan.

?SIOFOR PREPARATI ANALOGLARI ?

?METFORMIN?

✅Dozalari:

500 mg, 850mg, 1000mg

✅Ta’sir mexanizmi:

1 ) Jigarda glukoneogenez jarayonini tormozlab, qonda glukoza miqdorini kamaytiradi.

2 ) Periferiyada glukokozani utilizatsiyasini kuchaytirib, insulinga sezgirlikni oshiradi.

3 ) Oshqozon-ichak traktidan glukozani so‘rilishini pasaytiradi

?Tarkibida METFORMIN saqlovchi dori vositalari:?

?Asformin

?Diaformin

?Panfor

?Siofor

?Glukofaj

?Glikomet

?Bagomet

?Insufor

?Metfogamma

?Glukovin

?Glumet

?Dianormet

?Langerin

?Meglifort

?Meglukin

?Metamin

?Mefarmil

?Tefor

?Sukronorm

☝Qandli diabetda qabul qilinadigan preparatlar . Ya’ni tarkibi metformin bo’lgan siofor preparatining analoglari .

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya

@Farmakologiya_TTA

,, ТАБЛЕТКА » kanali

Оставьте комментарий