Sizning fe’l-atvoringiz qanaqa?

DO`STLARGA ULASHING:

Bu juda qiziqarli sahifa bo’lib siz bunda o’z yozuvingiz orqali qanaqa inson ekanligingizni bilib olishingiz mumkin. Qo’lingizga ruchka va qog’oz olib biror narsa yozing va quyidagi savollarga javob bering, qarabsizki siz qanaqa tabiatga ega ekanligingiz kelib chiqadi, qani boshladik.

1. Harf hajmi:
— Juda kichik – 3 ball
— Kichik – 7 ball
— O’rtacha – 17 ball
— Katta – 20 ball

2. Harfning qiyaligi:
— Chap tomonga butunlay qiya – 2
— Chap tomonga biroz qiya – 4
— O’ng tomonga butunlay qiya – 6
— O’ng tomonga biroz qiya – 14
— Tik yozuv – 6

3. Harfning ko’rinishi:
— Yumaloq – 9
— Ma’lum ko’rinishsiz – 10
— Qiya – 19

4. Dastxat yo’nalishi:
— Yozuv yuqoriga «o’rmalaydi» – 16
— Yozuv to’g’ri – 12
— Yozuv pastga «o’rmalaydi» – 1

5. Yozuvda qo’l kuchining ishlatilishi:
— Engil kuch bilan yozish – 8
— O’rta kuch ishlatish – 15
— Harflarni kuchli bosim bilan yozish – 21

6. Harflarning bog’lanishi:
— Harflar bir-biri bilan bog’langan – 11
— Harflar bog’lanmagan – 18
— Harflar goh bog’langan goh bog’lanmagan – 15

7. Umumiy baho:
— Harflar tartibli joylashgan – 13
— Ba’zi harflar aniq, ba’zilari noaniq yozilgan – 9
— Harflar tartibsiz, yozuvlar esa tushunarsiz – 4

Natijalar:

51-58 ball: sog’ligi biroz zaif, fe’l-atvori esa doim g’amgin odam toifasiga yaqinroq.

59-63 ball: kam harakat, jur’atsiz, indamas, fe’l-atvorida e’tiborsizlik ko’proq uchraydi.

64-75 ball: yumshoq, ba’zan o’ta ishonuvchan, g’urur va e’tiqodi kuchli.

76-87 ball: nihoyatda ochiqko’ngil, yaxshi ta’surotlarga boy, istarasi issiq, odamlar bilan muomalasi yaxshi, o’ziga xos hurmat e’tiborga ega.

88-98 ball: aniq va puxta ish yurita oluvchi, kuchli va barqaror, tashabbuskor, muammolarni oqilona hal qila oluvchi.

99-109 ball: egoistik fe’l-atvor ko’proq uchraydi. Ba’zan betga chopar, ba’zan engiltak. Odatda birovning fikrlari bilan hisoblashmaydi, tez ranjiydi, birovni tez xafa qilishi ham mumkin, hamma do’stlari bilan ham bir xil muomalada bo’lmaydi, mayda gap, serjahl. Lekin bunday kishilar orasida juda iqtidorli va ijodiy ishga qobiliyati yuksak kishilar ko’proq uchraydi.

110-120 ball: bunday dastxat mas’uliyatsiz, qo’pol, balandparvoz, o’ta g’ururli kishilarda uchraydi.

Оставьте комментарий