«Smart mahalla» mobil axborot tizimi ilovasi

DO`STLARGA ULASHING:

«Smart mahalla» mobil axborot tizimi ilovasi
«Smart mahalla» mobil ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi tomonidan yaratilgan.
— «Smart mahalla» menyusi mahalla raisi, mahalla demografik ma’lumotlari va biriktirilgan sektor rahbari, shuningdek mahalla idorasi va sektor shtabining geojoylashuvi haqidagi ma’lumotlar, sektor faoliyatiga baho berish;
—“Mening inspektorim” menyusi mahalla profilaktika inspektori haqidagi asosiy ma’lumotlar va huquq-tartibot maskanining geojoylashuvi, shuningdek profilaktika inspektoriga baho berish;
— “Hudud geo-xaritasi” menyusi sodir e’tilgan yo‘l-transport hodisalari, ma’muriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar hududlar kesimida, davr oralig‘ida;
— “Davlat organlariga murojaat” menyusi davlat organlarining saytlarini yuklash, zaruriy axborotlar bilan tanishish va ushbu organlarga o‘rnatilgan tartibda murojaat yo‘llash;
— “Qidiruvdagi va bedarak yo‘qolgan shaxslar” menyusi huquq-tartibot organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qidiruv e’lon qilingan va bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxslar haqidagi so‘nggi ma’lumotlar;
—“Sektorga murojaat” menyusi sektor tomonidan ko‘rib chiqishga vakolat berilgan masalalar yuzasidan murojaat yuborish hamda ko‘rib chiqish natijasini kuzatib borish;
—“Bolani masofadan nazorat qilish” menyusi ta’lim muassasalarining turniket, GPS-treker va kuzatuv kameralari tizimlariga ulangan holda farzandlarni nazorat qilish;
— “Mening hujjatlarim” menyusi zaruriy hujjatlarni (ID-karta, pasport, manzil varaqasi, haydovchilik guvohnomasi) tegishli axborot tizimlaridan yuklash, ularni serverdagi xotirada saqlash; (Ushbu raqamli xizmatga zarurat haqida yaqinda kanalimizda yozgandik (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1123))
— “SOS” menyusi “101”, “102”, “103”, “104”, “1050” va “1173” qisqa raqamlariga shoshilinch xabar yo‘llash.
Ilovani yuklab olish: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mvd.smartmahalla
Izoh: ilova beta sinov rejimida bo‘lgani uchun barcha hududlar ma’lumotlari to‘liq kiritilmagan bo‘lishi mumkin. Agarda ilovaning ro‘yxatda ko‘rsatilgan barcha imkoniyatlari ishga tushsa, aholimiz uchun haqiqiy yordamchiga aylanishi tabiiy.
#APK