Smartfon ekranidagi qirilgan dog‘larni qanday ketkazish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfon ekranidagi qirilgan dog‘larni qanday ketkazish mumkin?

Agar qirilish smartfonning himoyalovchi qatlamida bo‘lsa, uni yaxshisi almashtirgan ma’qul. Shikastlanish ekranning o‘zida bo‘lsa, quyidagi usullar yordamida tozalash mumkin. (http://xabardor.uz/x/878249)

Tish pastasi

Smartfon ekranidagi qirilgan joyni birinchi navbatda tish pastasi yordamida o‘chirish mumkin. Faqat tish pastasi gelsimon shaklda bo‘lishi kerak emas. Qirilgan sohaga biroz tish pastasi surtib, yumshoq mato bilan aylana shaklda ohista arting. Shu tarzda dog‘lar tez orada yo‘qoladi.

Avtomobillarni sayqallash vositasi

Tavakkal qilishni xush ko‘radiganlar avtomobillarni sayqallash uchun ishlatiladigan vositadan dog‘larni yo‘qotishda foydalanishlari mumkin. Mashhur ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan kimyoviy mahsulotlar smartfon ekranini silliq va tekis qila oladi. Biroq salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Axir smartfon ekrani avtomobillarning bo‘yoq surtilgan yuzasi emas-ku!

O‘simlik yog‘i

Yuqoridagi mahsulotlar topilmagan taqdirda oddiy o‘simlik yog‘i – kungaboqar, zaytun, kunjut, makkajo‘xori yog‘i ham tashqi yuzani tekislashda qo‘l keladi. Bor-yo‘g‘i bir tomchi yog‘ bilan artish oqibatida kichik shikastlanishlar barham topadi.

Diqqat qiling!

Yuqoridagi usullardan foydalanayotganda smartfonni ortiqcha kuch bilan ishqalamang. Chunki har qanday sayqallash vositasi original ekranni shikastlantirib, smartfon sensorini ishdan chiqarishi mumkin.
Agar qirilgan soha darz keta boshlagan bo‘lsa, hech qanday sayqallovchi vosita sizga yordam bera olmaydi.

8 комментариев к “Smartfon ekranidagi qirilgan dog‘larni qanday ketkazish mumkin?”

  1. Уведомление: Microscope Fluorescence Adapter

  2. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  3. Уведомление: 토토굿게임

  4. Уведомление: 홀덤사이트 추천

  5. Уведомление: look at here now

  6. Уведомление: colorado mushroom dispensary​

  7. Уведомление: ufabtb

  8. Уведомление: https://kibristagundem.com/tuketiciler-dernegi-basbakan-sucuogluna-tuketici-onursal-odulu-verecek/

Комментарии закрыты.