Smartfoningizni kompyuter orqali zaryadlash mumkinmi va xavfsizmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfoningizni kompyuter orqali zaryadlash mumkinmi va xavfsizmi?
#maslahat
Bu savolga Ha deb javob berish mumkin, lekin ba’zi bilib olishimiz kerak bo’lgan jihatlar bor.
?USB port smartfonlar yaratilishidan oldin kompyuterlarda paydo bo’lgan va u tashqi qurilmalar(fleshka, printer, skaner) ishlashi uchun minimal quvvat bera oladi.
?Kompyuter oldi qismidagi USB port platadan sim orqali keladi va bu qurilmaga tok berishda tokni susayishiga olib keladi, kompyuter simlari zaryadlash uchun mo’ljallanmagan.
?USB 2.0 port 500 mAs, USB 3.0 esa 900 mAs tok kuchi bera oladi.
?Kompyuter USB porti zaryadlashdan tashqari ma’lumot tashish hususiyatiga ham ega.
Yuqorida yozib o’tilgan jihatlar smartfonga qanday ta’sir qilinishini keltiraman:
?USB port maksimal 900 mAs’gacha(agar USB 3.0 bo’lsa) tok bera oladi, bundan kelib chiqadiki quvvat berish qobiliyati kam. Demak smartfonni zaryadlash ancha sekin amalga oshiriladi. Smartfonlarni o’zining zaryad qurilmasi 1.5, 2 Ampergacha tok kuchi beradi, shu sababli ularda zaryadlash tezroq amalga oshiriladi, agar smartfoningizni zaryadlash lozim bo’lsa, faqat USB 3.0 portidan foydalaning.
?Agar siz USB 2.0 portga ulab, qandaydir o’yin o’ynasangiz zaryad olish o’rniga zaryadingiz ketayotganini ko’rasiz.
?Iloji boricha, kompyuteringizni orqa qismidagi(plataning o’zini) USB portiga ulang, chunki bu port to’g’ridan-to’g’ri tokka ulangan.
?Smartfoningizni kompyuterga ulaganda faqat zaryadlash funksiyasini yoqing, fayllar almashishni o’chirib qo’ying, kompyuterdan virus o’tish xavfi bor.
?Yana bir narsa, sekin zaryad olish smartfon batareyasini sekin astalik bilan zaryad yig’ish qobiliyatini susaytiradi.
☝️Xulosa shuki, agar tanlov bo’lsa, smartfoningizni albatta rozetkadagi tokdan zaryad oldiring, USB orqali esa faqat chora qolmaganda, zaruriyat yuzasidan zaryadlang, zaryadlashda smartfonning zavoddan chiqarilgan zaryad qilish qurilmasidan foydalaning. Youtube’da zaryadlash paytida portalab ketgan holatlar aks etgan videolar bor, bunda ham smartfon ham kompyuteringizdan ajralib qolmang.

Оставьте комментарий