Soch parvarishining 7 qoidasi

DO`STLARGA ULASHING:

Sochlaringiz nursiz va to’kiluvchan bo’lib qolganligi sizni tashvishga solyaptimi? Turli usullarni qo’llashga shoshilmay, eng zarur qoidalarni bilib oling.
Portrait of a beautiful young woman with long hair and brighr black eye make-up- horizontal
1. Doimiy go’zallik qoidasi! Sochlaringiz “itoatkor” bo’lishini istasangiz, 3-4 kunda bir marotaba bosh yuvishga odatlaning. Ha-ha, sochni yuvish oralig’ini shunday muddatda olib borsangiz, kirlanishi ham shunga moslashadi. Sochni chayishda oddiy suvga qaraganda moychechak damlamasi, bir dona limon sharbati bilan aralashtirilgan eritmalar juda qo’l keladi. Ular sochni yanada serjilo qilib, yaltiratadi. 2-3 kunda bir marta soch ildizini engil uqalab, yog’och taroqda tarasangiz, boshda qon aylanishi yaxshilanadi.
2. Qo’shimcha vositalar bilan tanishamiz! Sochlaringiz serjilo tus olib, yaxshi turmaklanishini istasangiz, hadeb lak, muss yoki gel kabi vositalarga chalg’imang, ulardan faqat kechki oqshom yoki biror tadbirda foydalanish mumkin. Biroq kundalik turmaklarda bu vositalardan ortiqcha foydalanish, sochning tabiiy jilosini kamaytirib, tez kirlanishga moyil qilib qo’yadi. Lak, muss va gellarni harid qilayotganingizda tarkibida spirt eritmasi bo’lmaganini tanlang. Yaxshisi, sochning hajmli bo’lishiga yordam beradigan va jilo beruvchi shampunlardan foydalansangiz, tabiiy go’zal sochlarga ega bo’lasiz.
3. Niqob tayyorlaymiz! Quruq va normal sochlarni parvarishlash mushkul emas. Ammo tez yog’lanadigan sochlar uchun alohida parvarish zarur. Haftasiga 2-3 marta yuvsangiz ham sochlaringiz yog’lanib ketaversa, ushbu retseptni qo’llashingiz mumkin: 1 osh qoshiq xamirturushni ozroq qaynagan suvga aralashtiring. So’ng bir dona atalangan tuxum oqini qo’shing. Niqobni soch ildizidan uzunligiga qadar surib, 20 daqiqadan so’ng iliq suvda chaying.
4. Turmaklarni yangilaymiz! Yoz mavsumida sochlarimiz uzun va to’lqinsimon turmaklangan bo’lsa, kuzga kelib, uni biroz yangilaymiz. Masalan, sochni yuz tuzilishiga ko’ra, o’rtacha uzunlikda yoki kalta qirqtirib, turmaklash mumkin. Uzun soch turmaklarini xush ko’rsangiz, sochning bir qismini yuqoriga ko’tarib, qolgan qismini turmaklash usulini tanlang. Xozirgi kunda o’rilgan sochlar urfda ekanini bilasiz. Sochingiz hoh uzun bo’lsin, hoh kalta uni turlicha o’rish mumkin.
5. Sochimizni bo’yaymizmi?! Har bir mavsumning o’ziga xos ranglari bo’lishi sir emas. Shu jumladan sochlarga rang berishda ham mavsumiy bo’yoqlarni tanlagan ma’qul. Mutaxassislar hozir urfda bo’lgan soch bo’yoqlariga: qizg’ish, to’q jigarrang, shokolad, kashtan, qo’ng’ir, tovlanuvchi bodom rangi va to’q malla ranglarni tavsiya etishmoqda. Agar sochlaringizni avval qora rangga bo’yagan bo’lsangiz, uy sharoitida ochroq rangga bo’yashingiz qiyin kechadi. Bu yumushni go’zallik salonlarida bajarish, ya’ni sochni rangsizlantirib, so’ng kerakli bo’yoqni qo’llash mumkin. Agar sochingizga rang tanlashda ikkilanayotgan bo’lsangiz, buni mutaxassislarga qo’yib bering.
6. Parvarishlaymiz! Soch to’kilishi deyarli barcha ayollarni muammosi, desak yanglishmaymiz. Buni oldini olish uchun uy sharoitida 2 dona tuxum sarig’iga 2-3 ta aloe bargi sharbatini aralashtirib, soch ildiziga surting. Natijasi yanada yaxshi bo’lishi uchun boshni tsellofan paket bilan o’rab, 20-25 daqiqa qoldiring. So’ng iliq suvda chayish mumkin. Yana bir tavsiya: haftada bir marotaba mayda osh tuziga ozroq zaytun yog’ini aralashtirib, soch ildizini uqalab turish ham uni mustaxkamlaydi.
7. Ximoya qilamiz! Quruqlashgan va jonsiz bo’lib qolgan sochlarni oddiy mayonez yordamida qutqarish mumkin. Buning uchun soch uzunligiga ko’ra, 2 osh qoshiq mayonezni 1 osh qoshiq o’simlik yoki bodom yog’i bilan aralashtirib, ildizidan to uzunligiga qadar surting. 20-25 daqiqadan so’ng iliq suvda chayib, shampun bilan yuving. Bu usulda soch ildizi mustahkamlanib, tolasi himoya qobig’iga ega bo’ladi.

54 комментария к “Soch parvarishining 7 qoidasi”

  1. І beⅼieve еverything ѕaid mаԀе a lot of sense.
    However, ѡһat about this? wһat іf you were t᧐ creaqte а awesome
    post title? І mean, I dоn’t wan to tell you hօw tto run youг blog, however wha
    if you addfed a headline to maybhe grab a person’ѕ attention? I mean 7 Regeln für diee Haarpflege ⋆ http://WWW.SAVOL-JAVOB.COM іs
    a littlе vanilla. Үou sһould ⅼoοk at Yahoo’s frⲟnt page and note
    hoԝ they write news headlines to ɡet viewers tto click.
    Үou migһt add a related video oor a pic or ttwo to rab people excited ɑbout what
    you’ve written. Jᥙst my opinion, it could make ʏour website a littlle ƅit more inteгesting.

  2. Unquestionably imagine tһat thɑt yοu stated. Yοur favorite reason ѕeemed to bе at the web tһe simplest factor to remember оf.
    I say to you, І definitely get annoyed while оther folks think ab᧐ut concerns thɑt thеy
    plainly ԁo not recognisde abߋut. You managed to hit the nail
    upon the highest as neatly as defined out thе whokle tһing wіthout
    havinng ѕide effеct , other folks ϲould take a signal. Wilⅼ probably be bacck to get more.

    Tһanks

  3. I’m amazed, Ӏ mᥙst say. Rarеly ddo І encounter a blog that’s equally educative ɑnd entertaining,
    and let mе tell you, yⲟu havve hit thе nail օn thе head.

    Ƭhe issue іs sߋmething not enough men ɑnd women aгe
    speaking intelligently аbout. Νow i’m very happy I came
    across this during my hunt for someting rrelating to thiѕ.

Оставьте комментарий