Standartlashtirish, uning maqsad va vazifalari

DO`STLARGA ULASHING:

Standartlashtirish, uning maqsad va vazifalari
           Reja:
  • 1. Standartlashtirishning qisqacha tarixi.
  • 2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari.
  • 3. Standartlashtirish sohasidagi asosiy atama va tushunchalar.
  • 4. Standart turlari va toifalari.
  • 5. O‘zbekistonda standartlashtirishni rivojlanish sanalari.
         Tayanch iboralar: standart, standartlashtirish, xalqaro standartlashtirish, mintaqaviy standartlashtirish, milliy standartlashtirish,  xalqaro standart, mintaqaviy standart, davlatlararo standart, milliy standart, korxona standarti, rahbariy hujjat, texnikaviy shartlar, yo‘riqnoma.
 
6.1. Standartlashtirishning qisqacha  tarixi
Standartlishtirish sohasida xilma – xil atamalar mavjud. Turli xildagi buyumlarni, ularning tavsiflarini, usullar va belgilashlarning  sonini qisqartirish  jarayonini xar xil mamlakatda turlicha ataladi. Masalan, bu jarayonni AQSH va Angliyada «Standardization”, Germaniyada “Normung” va Frantsiyada “Normalisation” deb ataladi.  Agarda standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning nomlari taqqoslansa, u holda ko‘pchilik Yevropa tashkilotlari o‘z nomlarida “Normlien” (Shveytsariya), “Normalisatie” (Gollandiya) va h.k. so‘zlarni ishlatadilar. Keltirilgan barcha xorijiy atamalar ingliz tiliga “ Standartization“ atama bilan, italyan tiliga esa “Unificazione“ atama bilan tarjima qilinadi
XX asr boshlarida Rossiyada yolg‘iz “normalizatsiya” atamasi qo‘llanilgan va u  mashinasozlik sanoatida hozirgi paytgacha ishlatilib kelinmoqda.
         Kishilik jamiyatining  «qoidalarni belgilash va qo‘llash» ga bo‘lgan ehtiyoji juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Alifbe, yil hisobi, hisob tizimlari (sistem otscheta), pul va og‘irlik birliklari – bularning hammasi standartlashtirishga qo‘yilgan dastlabki qadamlardir.
Tarixshunoslar standartlashtirishga asoslangan muhandislik faoliyatni Qadimgi Misrda ehromlarni barpo etish mobaynida vujudga kelgan deb hisoblaydilar (taxminan 5000 yil avval). Qurilish uchun ishlatilgan toshlar ma’lum bir aniq o‘lchamlarga ega bo‘lgan, busiz ehromlarning to‘g‘ri geometrik shakli va ularni asrlar davomida uzoq vaqt saqlash mumkin emas edi. Taxminan 50 asr davomida saqlanib, bizgacha yetib kelgan bu qurilmalar juda yuqori  sifat va aniqlik bilan ishlangan. Toshlarga shunday aniqlik bilan ishlov berilganki, natijada bir – birlari bilan yondoshganlarining orasidan ingichka ignani ham o‘tkazib bo‘lmaydi.
Balandligi 90 metrli Vavilon minorasini (eramizdan taxminan ming yil ilgari) qurishda ma’lum o‘lchamli 85 mln. dan ortiq pishiq g‘ishtlar ishlatilgan edi, shu bilan birga ularni terishda bog‘lovchi material (asfalt) qo‘llanilgan. Minoraning 15 – chi yuqori qavati sirlangan moviy g‘ishtlar bilan qoplangan bo‘lib, ularni yasash nafaqat o‘lchamlari standart talablariga rioya qilingan bo‘lishini, balki tayyorlash usuli qoidalari majmuini ishlab chiqish va bu qoidalarga rioya qilishni talab qilar edi.
Qadimgi Misr harbiy texnikasida standartlashtirish qo‘llanilgan. Masalan, bundan 4200 yil ilgari o‘sha zamondagi  harbiy mashinalarni – manjaniq (katapulta) larni loyihalashda va ishlab chiqarishda  nisbiy o‘lchamlar usuli qo‘llanilgan bo‘lib, bunda manjaniq barcha detallarining o‘lchamlari bitta bosh parametrdan, ya’ni shu manjaniq otadigan o‘q (strela) ning uzunligiga mos  qilib olingan.
Standartlar Uyg‘onish davrida katta kemalar qurishda tadbiq etila boshlandi (XV asr).  Buning natijasida kemalar ishlab chiqarilishi potok(oqim) usulda tashkil qilindi.
Rossiyada Ivan IV ning 1535 yildagi Farmoni standartlashtirishga asos soldi. Bu Farmonda to‘p yadrolarining  o‘lchamlarini kalibrlar bilan nazorat qilish ko‘zda tutilgan.  XIX asr o‘rtasi XX asr boshlarida temir yo‘l transportidan keng foydalanish standartlashtirishning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Bu vaqtlarda temir yo‘l relslari orasidagi masofa, vagonlarning rangi, asosiy qurilmalarning balandliklari, g‘ildiraklar diametrlari, temir yo‘l qurilishida qo‘llaniladigan qurilish materiallari uchun standartlar ishlab chiqildi.
Standart so‘zi inglizcha “Standart” so‘zdan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib, me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi.
Standartlar darajasiga  qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi  oralaridagi  munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha – konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va  kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
         Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
6.2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil  etishning  eng samarador formalari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yо‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Kо‘pgina texnika jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga о‘suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bо‘lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini  va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida kо‘rilmoqda.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagi sxemada ko‘rsatilgan:
 
6.3. Standartlashtirish sohasidagi asosiy atama va tushunchalar
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada  eng  maqbul  darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy – texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy – texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
Odatda standartlashtirish ob’yekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
“Standartlashtirish ob’yekti” tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun “mahsulot”, “jarayon”, “xizmat” iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob – uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun – qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada  daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlashtirish har qanday ob’yektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondoshiladigan bo‘lsa, uning katta – kichikligi va pishiqligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish ob’yekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun  ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob’yektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, Davlat arxitektura va qurilish qumitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud.
Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin.
Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi.
Milliy standartlashtirish – bu muayyan bir mamlakat doirasida o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.
Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning  natijalariga daxldor qoidalar, umumiy qonun – qoidalar yoki tavsiflarni o‘zida qamrab olgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.
“Me’yoriy hujjat” atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek, umumiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Standartlashtirishning maqsadlari ko‘p qirrali bo‘lib, ular asosan quyidagilardan  iborat:  birxillashtirish  (har xillikni boshqarish), bir turga keltirish, moslashuvchanlik, o‘zaroalmashuvchanlik, sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, tashqi – muhitni asrash, mahsulotni himoyalash, savdodagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. To‘g‘ri yondoshilgan standartlashtirish borasida bir maqsadning amalga oshishida bir vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
Moslashuvchanlik esa, ma’um sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun  nomaqbul  ta’sir  ko‘rsatmasdan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi.
O‘zaro almashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidir.
Harxillikni boshqarish (unifikatsiyalash yoki birxillashtirish) deb, muayyan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.
6.4. Standart turlari va toifalari
         Xalqaro standart – bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
         Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart “GOST” – bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir.
Milliy standart – bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Korxona standarti – bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin.
         Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar) ham mavjuddir.
Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (O‘ZTSH) – bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
         Yo‘riqnoma (qoidalar)instruksiya (pravila) – bu ishlarni yoki ularning ayrim bosqichlarini mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
 
6.5. O‘zbekistonda standartlashtirishni rivojlanish sanalari
 

Оставьте комментарий