DO`STLARGA ULASHING:
Stressdan qanday xalos boʻlish mumkin?
✍️ Shifokor Hilola Jumayeva:
✅ Bugungi kunda stress barchamizni deyarli har doim bezovta qiladi. Shu sababli stressga nisbatan chidamlilikni oshirish organizm uchun ham foydali boʻlib, turli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Buning uchun:
?Oʻpkangizni toʻldirib chuqur nafas oling;
?Yoqimli musiqa tinglang yoki sevimli mashgʻulotingiz bilan shugʻullaning;
?Sevimli filmingizni tomosha qiling;
?Qahva iching;
?Shokolad yoki sevimli shirinligingizni isteʼmol qiling;
?Toza havoda sayr qiling;
?Turli iforli, tinchlantiruvchi choy (moychechakli, lavanda, yalpizli va koʻk choy)iching;
?Kontrast vanna qabul qiling va miriqib uxlang.
?Ushbu tavsiyalar muammolarni yechishga yordam bermasa-da, stressni bartaraf etishga yordam beradi. Bu esa toʻgʻri va sogʻlom fikrlashga olib keladi.
Manba (https://t.me/soglomhayotuz/3072)