Super-kontrakt uchun onlayn ariza yuborish

DO`STLARGA ULASHING:

Super-kontrakt uchun onlayn ariza yuborish imkoni yaratildi
⚡️Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.
🔘 1 oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.
🔥 Joriy o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.
✅ Ushbu tizim:
➖ ortiqcha ovoragarchilik va suiiste’molchiliklarning oldini olish;
➖ jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
➖ elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;
➖ to‘lov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.
‼️Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va to‘plagan bali Davlat test markazi bazasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinib, elektron ko‘rinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.