Telegramda qaysi yo`nalishda kanal ochish kerak ?

DO`STLARGA ULASHING:

3 yil telegram olamida sayr qilib, ancha tajriba orttirdik va bu tajriba sizlar uchun ham foydali bo`ladi degan umiddaman.

Ko`pchilik telegramda kanal ochish haqida o`ylaydiku, lekin qaysi yo`nalish, qanday kategoriyada ochish kerakligini o`ylamaydi.

Daromadli yo`nalishlar haqida
(Bugun sizlar bilan o`zgacha interaktiv o`tkazamiz va maqola oxirida siz qaysi yo`nalishda kanal ochishingizni aniq bilib olasiz, men bunga kafolat beraman)
Qaror qabul qilish bizni bir umr qiynab keladi. Chunki, qaror ortidan qanday oqibatlar kelishini oldindan bilmaymiz. Shunchaki, taxmin va mish-mishlarga ishonamiz. Qaysi o`qishga kirsam ekan ? Qaysi kasb egasi bo`lsam ekan ? Qaysi qizga uylansam ekan ? Qaysi yo`nalishda kanal ochsam ekan ?
Bu savollarga universal javob yo`q. Lekin hamma 2 xil yo`l bilan qaror qabul qiladi:
1 — Qo`rquv ostida: Kambag`al yoki pulsiz bo`lib qolishdan, o`zi hohlagan summani ishlay olmasligidan yoki baxtsiz bo`lishdan.
2- Qiziqishlariga qarab: O`zi qiziqgan sohada bilim olish, orzusidagi kasb egasi bo`lish va orzulariga intilib yashash.

Nega kanal ochishdan oldin uzoq o`ylab qolamiz ?
Ko`pincha kanal yurmay qolishidan va biz unga qilgan xarajatimizni oqlamasligidan qo`rqamiz. Bir umr oylikdan oylikgacha yashab, qo`shimcha daromad manbaini yarata olmasligimizdan qo`rqamiz. Balki aynan shu qorquvlar sababdir, bu blogni o`qiysiz.
Aynan shu sabab, internet bo`ylab sifatsiz kontent rivojlanib ketmoqda. Odamlar o`zlari qiziqmagan sohaga aloqador kanallar ochib, bir amallab kontent yaratadilar.
Sifatga emas songa e`tibor beradilar. Bunday odamlar kanalga biznes proekt sifatida qaraydilar va ular uchun kontent emas reklama asosiy tovar. Bu biznes sxema uzoq muddatli passiv daromad bilan sizni ta`minlashi juda qiyin. Imkoniyatlar 10.000 tadan 1 ta.
Shu sabab, har kuni 10 lab «Kanallani dodasi», «Kun.uz», «Daryo.uz» kabi kanallarni plagiatlari ochilib yopiladi.
Biznesning oltin qoidasi — O`z faoliyatingiz haqida barcha narsani bilishingiz shart. Pul topishga bo`lgan ulkan hohish kamlik qiladi.

To`g`ri qaror qabul qilamiz
Sizga bir sirni aytaman: Daromadli yo`nalishni o`zi yo`q. Daromad siz yig`gan auditoriya sifatiga bog`liq.
1- Siz qaysi sohaga qiziqasiz : Texnologiya, Tarix, Matematika, Biznes va h.k.
Biznes yo`nalishini tanlashda extiyot bo`ling.  Ongimizda ko`p pul topishni yagona yo`li biznes qilish bo`lgani sabab, ko`pchilik shu yo`nalishni tanlaydi. Lekin, na moliya, na biznes va na investitsiyalar haqida hech narsani tushunishmaydi. Natijada, boshqa portallardan maqolalarni tarjima qilib kanalga joylashadi.
Qiziqishlaringiz bir necha sohada bo`lsa, ularni varoqga yozib qo`ying.
2 — Siz tanlagan sohaning qaysi bo`limi sizga ko`proq yoqadi : Texnologiyadan — Telefonlar, Avtomobildan — ularni ta`mirlash, Biznesdan — investitsiya, moliya yoki qonunlar.
Ularni ham bir qog`ozga yozib qo`ying.
3- Siz tanlagan bo`limga tegishli bilimga egamisiz :
Texnologiya-Telefonlar- Smartfonlarni ta`mirlash, dasturiy ta`minotlar, yangi texnologiyalar
Avtomobil — Ta`mirlash — Motor xodovoy ishlari, ehtiyot qismlari va h.k
Tanlagan bo`limingizga aloqador 10 ta maqola uchun mavzu yozib chiqing.
Agar mavzu o`ylab topa olmasangiz, demak yetarlicha bilimga ega emassiz. Bu sohada blog ochish siz uchun daromad keltirmaydi.
Masalan men: Texnologiya sohasining-Internet va kompyuter bo`limiga qiziqaman. Telegram, ijtimoiy tarmoqlar, internetda daromad olish, sayt ochish, skriptlar, dasturiy ta`minotlar va internet servizlar haqida cheksiz kontent tayyorlashim mumkin.

4- Sizning bilim va tajribangiz boshqalar uchun foydalimi :
Aqlli odam daromad kontent orqali kelishini darhol sezadi. Lekin dono odam shu kontent odamlar uchun foydali bo`ladimi yoki yo`q shu haqida o`ylaydi.
Sizdagi bilim dunyoni yaxshi tarafga o`zgartiradimi ? Odamlarga nafi tegadimi ? Kimnidir mushkulini yengil qiladimi ?
Agar u shunchaki pul ishlash uchun ochilgan bo`lsa, yaxshisi kanal ochmay qo`ya qoling. Chunki pul topish dardida odamlar ongini keraksiz ma`lumot bilan zaharlashni boshlaysiz.

Xulosa:
— O`zingiz qiziqgan sohada kanal oching
— Odamlarga foydali bo`lsin
Maqola siz uchun foydali bo`ldimi ? Javobingizni maqola ostidagi tugmachalar orqali bildiring.
Lekin bu hali hammasi emas. Agar maqola 20 ta LIKE yig`sa, davom etamiz. Keyingi qadam : Siz tanlagan yo`nalish rivojlanadimi yoki yo`qmi maxsus usullar orqali tekshirishni o`rganamiz.
Agar savollaringiz bo`lsa, WEBOLOGY VIP zal (https://t.me/webology_vip_chat) da berishingiz mumkin.
@webology_uz

19 комментариев к “Telegramda qaysi yo`nalishda kanal ochish kerak ?”

  1. Уведомление: rent a scooter in treasure island

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: best cvv shop online

  4. Уведомление: ถาดกระดาษ

  5. Уведомление: psychedelic mushroom chocolate bars for sale

  6. Уведомление: คลิปหลุด

  7. Уведомление: maxbet

  8. Уведомление: sbo

  9. Уведомление: golden teacher mushroom strain

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: prevent screenshot

  12. Уведомление: magic mushrooms for sale usa

  13. Уведомление: ufatesla

  14. Уведомление: go x scooters

  15. Уведомление: enquiry

  16. Уведомление: vigrx

  17. Уведомление: https://www.kentreporter.com/reviews/phenq-reviews-urgent-side-effects-warning-honest-customer-truth/

  18. Уведомление: Champions League

  19. Уведомление: youtube niches

Комментарии закрыты.