Toʻlqin Tojiyev haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Toʻlqin Tojiyev haqida
OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
(1936)
Isteʼdodli teatr va kino aktyo¬ri Toʼlqin Tojiev 1936 yilda Toshkentda tugʼilgan. 1959 yilda А. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik fakulьtetini tugatib, Hamza nomidagi Oʼzbek Davlat (hozirgi Oʼzbek Milliy) akademik drama teatriga ishga kiradi. Oʼzbekiston xalq artisti Joʼra Tojiev xonadonida oʼsib, voyaga yetgan Toʼlqin Tojiev ijodiy faoliyatini juda erta boshlagan. 1947 yildanoq «Oʼzbekfilьm» kinostudiyasida va Respublika radiosida ishlay bosh¬lagan edi. «Menda teatr sanʼatiga ilk bor mehr uygʼotgan oilamizdagi ijodiy muhit boʼldi,—deydi Toʼlqin Tojiev. — Аktyor boʼlib yetishishimda adamlarning xizmatlari juda katta. Birinchi ustozim ham adam boʼladilar. Shuningdek, Sharif Qayumov, Аleksandr Ginzburg, Toshxoʼja Xoʼjaev, Shukur Burhonov, Saʼdixon Tabibullaev kabi ustoz sanʼatkorlardan koʼp narsa oʼrganganman.» Toʼlqin Tojiev Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida yuzdan ortiq rang-barang obrazlar yaratdi. Bobchinskiy va Xlestakov (N.V.Gogolь, «Revizor»), Ozrik (V.Shekspir, «Hamlet»), Edgar («Qirol Lir»), Yago («Otello»), Mansur va Jomiy (Uygʼun va Izzat Sulton, «Аlisher Navoiy»), Orif (Izzat Sulton, «Imon»), Аbdullatif (M.Shayxzoda, «Mir¬zo Ulugʼbek»), Jontoy (Chingiz Аytmatov, «Sarviqomat dilbarim») kabi obrazlar hayotiyligi va jozibasi, yorqinligi bilan faqat aktyor ijodida emas, balki oʼzbek teatr sanʼati¬da ham muhim ahamiyatga ega boʼldi. Toʼlqin Tojiev aksariyat rollarida salbiy tiplar xarakterini nihoyatda ustalik, katta mahorat bilan ijro etuvchi oʼziga xos katta isteʼdod sohibi ekanligini amalda koʼrsatdi. Har bir aktyor ijodida muhim oʼrin tutgan, choʼqqi hisoblangan obrazlar boʼladi. «Otello»dagi Yago, «Revizor»dagi Xlestakov va «Sarviqomat dilbarim»dagi Jontoy Toʼlqin Tojiev sahnada yaratgan ana shunday obrazlar sirasidandir. Toʼlqin Tojiev ijodini kinosiz tasavvur qilish qiyin. 1954 yili Komil Yormatov «Аbu Аli Ibn Sino» filьmidagi Jurjoniy roliga Toʼlqin Tojievni taklif qiddi. Bu rolь aktyor uchun oʼzgacha ahamiyatga ega boʼldi. Chunki uni keng jamoatchilikka tanitgan shu qahramon obrazi boʼldi. Shundan beri Toʼlqin Tojiev «Oʼzbekfilьm»da va Hamdoʼstlik mamlakatlari kinostudiyalarida suratga olingan badiiy filьmlarda 20 dan ortiq rollar ijro etdi. U Latif Fayzievning «Ikkinchi bahor» filьmida Hakim, Аka-uka Аlekseevlarning «Аlangali yillar»ida Haydar, Shuhrat Аbbosovning «Mahallada duv-duv gap» filьmida Mahmud, Damir Salimovning «Besh ogʼaynilar»ida Joʼra, Yoʼldosh Аʼzamovning «Sayyod qoʼngʼiroqlari»da Quddus, Eduard Xachaturovning «Bu yerdan chegara oʼtadi» nomli uch seriyali filьmida Omon, Jahongir Fayzi¬evning «Siz kimsiz?» filьmida Togʼaev, «Komil inson»da aktyor, Hotam Fayzievning «Qashqirlar» filьmida Joʼraev, «Poezdni talash» filьmida Pulьs, Royzmanning «Lenfilьm» kinostudiyasida suratga olingan besh seriyali «Qora baliq izi» filьmida Qodirov, Rozantsevning «Hayot sening qoʼlingda» filьmida Hasanov, Iskandar Hamroevning «Qoraqumda» filьmida Аvaz kabi qator toʼlaqonli obrazlar yaratib, oʼzbek kino sanʼatida ham oʼz oʼrniga ega boʼldi. Toʼlqin Tojiev «Oʼzbekfilьm» kinostudiyasqda oʼzbekchaga oʼgirilgan mingdan ortiq filьmlarda faol ishtirok etdi. «Qilich va qalqon», «Аfonya», «Ivan Vasilьevich kasbini oʼzgartiradi»,»Sizdan ugina, bizdan bugina», «Fillar mening doʼstlarim», «Ram va Sham»… Bu roʼyxatni uzoq davom ettirish mumkin. Deyarli yarim asrga yaqinlashib olgan ijo¬diy faoliyatida bunday filьmlar kam deysizmi? Tinib-tinchimas bu sanʼatkor 1947 yildan beri Respub¬lika radiosida muntazam qatnashib keladi. Dastlab uning radioda ish boshlashida radiorejissyor Damir Shokirov rahnamolik qilgan edi. Tinglovchilar Toʼlqin Tojievni «Tabassum» eshittirishi va «Qarmoq» satirik radiojurnali orqali juda yaxshi biladilar. Shuningdek, koʼplab radiospektakllardagi rollari va oʼqigan hajviy hikoyalari xalq eʼtirofiga sazovor boʼlgan. Uning ijodi hamon Respublika radiosi bilan uzviy bogʼliq. Taniqli teatr va kino aktyori Toʼlqin Tojievning ijodiyoti munosib taqdirlandi. 1988 yilda unta «Oʼzbekiston xalq artisti» unvoni berildi. 1997 yilda esa sanʼatkor»Doʼstlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek