Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi

DO`STLARGA ULASHING:

Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–5238-son, 28.08.2021 y.) bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi

? Qarorga ko‘ra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

? Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

☑️ Taʼlim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.

? Quyidagilar Filialning asosiy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:

? Dramaturgiya;
? Prodyuserlik (turlari bo‘yicha).

✅ Taʼlim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

? Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.

? Filialda davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.