Tug’ilgan kun tabrik sherlari

DO`STLARGA ULASHING:

Har kuningiz o’tsin bayramday har on!

Baxor chechaklari bo’lsin armug’on,
Siz nurli insonsiz baxtli begumon,
Bayramla qutlayman bo’ling shodumon,
Har kuningiz o’tsin bayramday har on!
Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin!

Sizdek insonlarni ko’proq yaratsin!

Tilaklar ichida izlab topganim,
Alloh nigohini sizga qaratsin.
Yagona o’tinchim Allohdan bu kun,
Sizdek insonlarni ko’proq yaratsin!
Tavallud ayyomingiz qutlug’ bo’lsin!

Tug'ilgan kun tabrik sherlar
Tug’ilgan kun tabrik sherlar

Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo

Keraksiz insonga aylanmang aslo,
Keraksiz bo’lishdan asrasin Xudo!
Baxt-u saodatdan etmasin judo,
Kulib yuring, kulishdan qismasin Xudo!
Tug’ilgan kuningiz bilan, qadrdonim!

Tug’ilgan kuningiz bilan!

Sokin tunda bezota qilib,
Eng so’nggilar safida bo’lib.
So’zlarimni guldasta bilib,
Deyman Tug’ilgan kuningiz bilan!

TUG’ILGAN KUNINGIZ BO’LSIN MUBORAK!

Atirgul gulidan sizga guldasta,
Chin yurak so’zlarim unga payvasta,
Bir asr yashangu yana nim chorak.
TUG’ILGAN KUNINGIZ BO’LSIN MUBORAK!

Eng shirin orzularni tilayman sizga

Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to’lganda borliq.
Xushbo’y tabiatning yetti rangiday,
Osmon gardishida qolganda yorliq.
Eng porloq tuyg’ularni tilayman sizga,
Eng shirin orzularni tilayman sizga.
Tug’ilgan kuningiz bo’lsin muborak!

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek