Вы сейчас просматриваете Tug‘uruqdan so‘ng ich qotishi kuzatilsa

Tug‘uruqdan so‘ng ich qotishi kuzatilsa

DO`STLARGA ULASHING:

Tug‘uruqdan so‘ng ich qotishi kuzatilsa, bu nimani anglatadi?

✍️ Shifokor Farrux O‘rmonov:

▪️Gormonal o‘zgarishlar — emizish davrida tanadagi gormonlar o‘zgaradi.
▪️Qorin mushaklari cho‘zilgan va bo‘shashgan bo‘ladi.
▪️Bachadon avvalgi hajmiga qaytmaydi, shuning uchun ichakni bosishda davom etadi, najasning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi.
▪️Homiladorlik paytida ichaklari siljigan va o‘z joyiga qaytmagan bo‘ladi, shu sababli uning harakati buziladi.
▪️Doimiy stress va uyqusizlik.

✍️Nima qilish kerak:
?Ovqatlanish menyusini to‘g‘ri tanlash (qora non, kashalar, sutli mahsulotlar, yangi meva va sabzavotlar iste’mol qilish).
?Ich suradigan dorilar ichish (ichishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim).
?Yengil jismoniy mashqlar bajarish.
?O‘simlik va sabzavotlardan tayyorlangan damlamalar ichish.

❇️ Avvalo, ich qotishining tabiatini aniqlash kerak. Qaysi tur sizni bezovta qilayotganini bilish orqali homiladorlikdan keyin ich qotishini qanday davolashni belgilash mumkin.

Добавить комментарий