Tunda kech ovqatlanish salbiy oqibatlarga olib keladi

DO`STLARGA ULASHING:

Amerikalik olimlar kechki ovqatni haddan ortiq kech iste’mol qilish tana biologik tartibi va terini ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi fermentlar faoliyatining buzilishiga olib kelishini isbotladi.
Ikki guruh sichqonlarda tajriba o‘tkazildi. Ularga turli vaqtlarda yemish berildi. Tadqiqot natijasida, kechki soat to‘qqizdan keyin ovqatlantirilgan sichqonlarda ultrabinafsha nurlaridan zararlangan terini tiklovchi fermentlar kunduzi juda sust ishlagani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, ushbu guruhdagi sichqonlarda teri kasalliklarining rivojlanish xavfi ortdi. Ovqatlanish tartibi me’yorida bo‘lgan sichqonlarga esa ultrabinafsha nurlari unchalik ta’sir o‘tkazmadi.
Mutaxassislar biologik tartibning buzilishi quyosh nurlariga nisbatan mo‘rtlikni yuzaga keltirishini, bu holatning uzoq davom etishi esa terining erta qarishi va saraton kasalliklariga ham olib kelishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

 

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/tunda-kech-ovqatlanish-salbiy-oqibatlarga-olib-keladi/

Оставьте комментарий