Turk seriallari yulduzlari qancha gonorar puli olishlari ma’lum bo’ldi

DO`STLARGA ULASHING:

Turk seriallari yulduzlari qancha gonorar puli olishlari ma’lum bo’ldi

Turk seriallari, ularning aktyor va akstrisalari hozirda ko’pchilik o’zbek muxlislarining qalbidan joy olib bo’lgan. Biz esa ular ijro etgan rollari uchun qancha pul olishini aniqladik.

Nesilhan Atagul — bu aktrisa «Sevgi iztirobi» serialidagi roli bilan tanilgan 27 yoshli aktrisa. Uni hattoki serialni ko’rmaganlar ham tanisa ajab emas. U «Elchining qizi» da Engin bilan suratga tushgan va shu bir qismdagi ishtiroki uchun $8500 olgan.

Taner Olmez — «G’aroyib doktor» seriali qahramoni. Aktyor o’zining rolini juda a’lo darajada ijro etgan. U serialdagi har bir qism uchun $4500 gonorar puli olgan.

Engin Akyurek — «Pul va gul ishqi» serialida suratga tushgan Engin o’zbek muxlislariga «Elchining qizi» serialidagi roli bilan mashxur. Ushbu filmda Sanjar rolini ijro etgan Engin gonorar puli sifatida jami $1 mlm 540 ming olgan. Bu esa har bir qism uchun $12 000 dan to’g’ri kelgan.

@NarxiQancha | Batafsil (https://daryo.uz/2020/12/22/engin-akyurek-neslihan-atagul-va-turk-seriallarining-boshqa-yulduzlari-qancha-gonorar-oladi/)

Оставьте комментарий