Turpning xosiyatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Turp issiq taomlar bilan salat sifatida qo‘shib iste’mol qilinadigan sabzavot hisoblanadi. Uni xomligicha o‘simlik yog‘i va suzma bilan iste’mol qilish foydali.

Turpning tarkibida 90 foiz suv, shakar, kletchatka, efir moylari, darmondorilar, kislotalar, natriy tuzi, kaliy, kaltsiy, magniy, fosfor, temir, aminokislotalar, fermentlar va boshqa turdagi foydali moddalar mavjud. Turpning suvi qadimdan ichak faoliyatini yaxshilash, soch tolalarini mustahkamlash maqsadida qo‘llanib kelingan.
Xalq tabobatida turp bilan asal aralashmasi har xil jarohat va yaralarga malham hisoblanadi. Qaynatib pishirilgan turp yo‘talga davo. U shamollashga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, tomoq va o‘pka kasalliklariga davo sifatida tavsiya etiladi.
Turp ildiz mevasini oshqozon-ichak yarasi, yallig‘lanishi, ya’ni gastrit, enterit – ingichka ichak yallig‘lanishi, gepatit va ayrim yurak kasalliklariga uchragan bemorlar iste’mol qilishlari mumkin emas.
Manba: Navoiypress gazetasi

Оставьте комментарий