Ummu Kulsum binti Muhammad s.a.v.

DO`STLARGA ULASHING:

«Muhammadning qizlardan boshqa farzandi bo‘lmayapti…». Quraysh mushriklari o‘zaro shunday mish-mishlarni tarqatar edilar. Ularning bunday gapirishlariga chuqur ma’no va yuksak g‘oyadan, ilohiy hikmatdan bexabarliklari sabab edi. Zero, ular johiliyat ahli bo‘lganlarini unutdilar. Ular shunday johil edilarki: «Qachon birovlariga qiz (ko‘rgani haqida)xushxabar berilsa, g‘azabga to‘lib, yuzlari qorayib ketar. Va u (qizni) xo‘rlagan holida olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (to‘g‘risida o‘y surib), o‘ziga xushxabar berilgan narsaning(ya’ni, qiz ko‘rshnning) «yolg‘on»ligidan (nomus qilib) odamlardan yashirinib olur. Ogoh bo‘lingizkim, ular eng yomon hukm chiqarurlar» (Nahl, 58- 59).
Ular shu kabi botil so‘zlar bilan ovora ekan, Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) yana bir go‘zal, oy yuzli qizlari dunyoga keldi. Bunday sifatlari sababli otasi chaqaloqqa Ummu Gulsum deb ism qo‘ydi.
Qiz o‘sib-ulg‘aygach, opasi Ruqayya bilan birga Abu Lahab o‘g‘illaridan biriga uzatildi. Biroq har ikkisi ham u xonadonda uzoq yashay olmadilar. Kur’oni karimda «hammalatal hatob» deya ta’riflangan Abu Lahabning xotini bilan yashash azobidan qutuldilar.
Qiyinchiliklar ichida
Ummu Gulsum va Fotima hijrat qilmay, Makkada, otalari yonida qoldilar. Opa-singil onalari Hazrati Hadichaning (roziyallohu anho) dardlariga sherik bo‘ldilar, otalariga mushriklar ko‘rsatayotgan aziyat va pastkashliklar azobini yengillatishga harakat qildilar.
Ummu Gulsum Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) nisbatan qilingan zulm va iskanjalarning, odamlarni haq yo‘lga da’vat etishdagi juda og‘ir mashaqqatlarning guvohi bo‘ldi.
Kuraysh mushriklarining zo‘ravonligi kundan-kunga ortib bordi. Hatto ular Hoshim o‘g‘illari va musulmonlar bilan aloqalarni butunlay uzdilar. Qabul qilingan bu qarorni yozib, Ka’baga osib ko‘ydilar.
Ummu Gulsum juda og‘ir imtihon va sinovlardan o‘tdi. Otasi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) g‘am-qayg‘u ichida… Opasi Zaynab (roziyallohu anhu) eri Abul Os bilan Makkada bo‘lsalar ham, ularga hech qanday yordam bera olmas edilar. Yana bir opasi Ruqayya (roziyallohu anhu) juda uzoq o‘lkada… Onasi ummul mo‘mninn Hadicha (roziyallohu anhu) og‘ir betob bo‘lib qoldilar. Singlisi Fotima esa hali yosh, mehrga, parvarishga muhtoj….
Bu holatda Ummu Gulsum zimmasiga juda katta mas’uliyat tushayotgn edi. Bu mas’uliyatni tushungani uchun, sabr etdi. U sabrining mukofotini Allohdan kutardi. Ko‘lidan kelganicha otasiga yordam qilar, onasiga ham:
— Xafa bo‘lmang, onajon! Ajablanadigan hech narsa yo‘q, — deya tasalli berar edi.
 Hazrati Hadichaning (roziyallohu anhu) ahvoli juda og‘ir edi. Aziz va jalil Allohga qovushadigan kunlarini kuta boshladilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, vafot etdilar.Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlarini bag‘rilariga bosib, tasalli berdilar. Ummu Gulsumning mas’uliyati yanada oshdi. Zero, endi u oilaning mehr-shafkat ulashuvchisi edi!
Hijrat
Musulmonlar Madinaga hijrat kildilar. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ham ular bilan birga edilar. Bu hijrat insoniyat tarixidagi Alloh yo‘lida qilingan eng buyuk hijrat bo‘ldi. Xavfsizlikni ko‘zlab, Ummu Gulsum va Fotima(roziyallohu anhumo), vaktincha Makkada qoldirildi.
Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Madinaga kelgach, ularni olib kelish uchun Zayd ibn Horisani Makkaga yubordilar. Opa-singil yo‘lga chiqishdan oldin Hojunga borib, onalarninng qabrini ziyorat etdilar.
Hijratdan so‘ng juda buyuk voqealarga boy ikki yil o‘tdi. Bu davr mobaynida Ummu Gulsum (roziyallohu anhu) otasi va musulmonlarning Badrda erishgan zafariga, qadrli opasi Ruqayyaning (roziyallohu anho) vafotiga ham shohid bo‘ldi.
Bir qun Hazrati Umar (roziyallohu anhu) jahllari chiqqan holda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga shikoyag qilib keldi. Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) buning sababini so‘raganlarida, Hazrati Umar Abu Baqr va Usmonga (roziyallohu anhumo) qizlari Hafsani nikohlariga olishni taklif etganini, biroq ular qabul etishmaganini aytdi. Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) uni tinchlantirib, xushnud etdilar.
— Hafsa Usmondan xayrlirog‘i bilan, Usmon ham Hafsadan xayrlirog‘i bilan turmush quradi, — deb ko‘nglini ko‘tardilar.
Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Hafsaga uylandilar. Tabiiyki, Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) Usmondan (roziyallohu anhu) xayriliroq edilar. So‘ng Hazrati Usmonga (roziyallohu anhu):
— Seni Ruqayyaning singlisi Ummu Gulsumga uylantiraman. Agar o‘n qizim bo‘lib, biri vafot etsa, boshqasini senga berishdan taraddud etmasdim, — deb marhamat qildilar.
 Ummu Gulsum Ruqayyaga (roziyallohu anhu) berilgan miqqordagi mahr bilan Hazrati Usmonga (roziyallohu anhu) nikohlandi.
Hazrati Usmon xonadonida
Ummu Gulsum Hazrati Usmon bilan olti yil hayot kechirdi. Bu davrda Islom yuksaldi, musulmonlar Allohning yordami bilan zafar quchdilar. Hijratning oltinchi yili Zulqa’da oyida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bir ming  besh yuz kishi bilan umra qilishi uchun Makkaga yo‘l oldilar. Kurayshiylar ularning bu istaklariga qarshi chiqdilar va Makkaga kirishlariga yo‘l qo‘ymadilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ikki nur sohibi, kuyovlari Usmon ibn Affonga:
— Kurayshiylarning oldiga bor va hech kim bilan urushish niyatimiz yo‘qligini bildir. Ka’bai sharifni tavof qilish uchun kelganimizni, qurbonliklarimizni so‘yib, qaytib ketishimizni ayt, — dedilar.
Ummu Gulsum mushriklarning eriga biror yomonlik qilishlaridan qo‘rqar, uni kutar ekan, tobora xavotiri ortib borardi. Zero, Usmonning (roziyallohu anhu) ketganiga ancha vaqt o‘tgan edi. Uzoq kutganlaridan so‘ng, Hazrati Usmonning(roziyallohu anho) o‘ldirilgani haqida yolg‘on xabar tarqaddi. Ummu Gulsum qayg‘uga botib, yig‘ladi.
Shu payt Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) musulmonlarni bay’at qilishga da’vat etdilar. «Bay’at-tur rizvon» nomi berilgan bu bay’atda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) chap qo‘llarini o‘ng qo‘llariga urib, Hazrati Usmon nomidan ham bay’at oldilar va:
— U Alloh va Rasuli uchun ketdi, — dedilar.
Oradan ko‘p o‘tmay, Hazrati Usmon vazifasini bitirib, hech qanday aziyat ko‘rmasdan qaytib keldilar. Hazrati Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) qurayshliklar bilan Hudaybiya sulhini tuzdilar. Hazrati Umar va Hazrati Usmon bu sulh shartlariga rozi bo‘lmagan muorizlar safida edilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qurbonliklarni so‘yib, sochlarnin oldirgach, ashobi kiromning ko‘pchiligi ham sochlarini oldirdilar. Bir qismi esa bu ishni orqaga surdilar. Hazrati Usmon ham shulardan biri edi. Ummu Gulsum otasining:
— Alloh sochlarini oddirganlarga marhamat etsin, — deganlarni eshitib, taraddudlanib qoldi. Yuziga tushkunlik alomatlari ko‘rina boshladi. Biroq Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) :
— Tanballik qilganlarga ham marhamat etsin», — deb so‘zlarini tugatganlarini eshitib, ko‘ngli tinchlandi.
Ummu Gulsumning vafoti
Makka fathiday so‘ng Ummu Gulsum sevimli onasining qabrini ziyorat etmoqchi bo‘ldi. Otasi va eri uning bu taklifiga rozi bo‘ldilar.
Hijratning to‘qqizinchi yili Sha’bon oyida Ummu Gulsum vafot etdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni sevimli opasi Ruqayya yoniga dafn etdilar. Hayotliklarida bu ikki mo‘mina Hazrati Usmonying (roziyallohu anhu) zavjalari edilar, vafotlaridan so‘ng ham bir joyga qo‘yildilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sevgan qizlaridan ajralganlari uchun qalblari g‘amga, ko‘zlari yoshga to‘lib, kizlarinint kabri tepasida Allohqan ularga mag‘firat tiladilar.
Alloh taolo Ummu Gulsumdan rozi bo‘lsin. Uni solih va xayrli qullari orasiga doxil etsin. Omin.
 «Qahramon mo’mina ayollar» kitobidan (Toshkent, «Movarounnahr», 2005) olindi.

Оставьте комментарий