«Ustoz va murabbiylar kuni»ga bag’ishlangan bayram tadbir ssenariysi

DO`STLARGA ULASHING:

1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan bayram tadbirining ssenariysi.

Zal bayromona tarzda bezatilgan. Musiqa sadolari yangrab turibdi. Dastur boshlanishi e’lon qilindi. O`quvchi qizlarning raqsi asosida bayram dasturi ochib berildi. Sahnaga qator o`quvchilar chiqib keladilar.

(Boshlovchilar musiqa ostida sahnaga kirib keladilar)

Yigit:

Qalbimda ehtirom, bitayin daston,

Aziz ustoz sizsiz mehribon

Hayotim kitobin yoritib turar

So`zingiz shiordir bizga har qachon.

Qiz:

Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz

Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz

Jamiyatda munosib o`rin olgaydir

Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz

Yigit:

Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri ummon, shirin so`zlim sharafli, lekin mashaqqatli kasb egalari bo`lgan aziz ustozlar. Yuzu ko`zida yaxshilikning nurlari taralib turgan, ota-onamizdek qadrnon zotlar.

Qiz:

Assalomu alaykum ko`zlari mehrga, so`zlari bolga to`la, farzandlarining tashvishlarini unutibm bizlarning tavshishimizni qilgan, kelajagimizni o`ylagan fidoiy kasb egalari bo`lgan shirinso`z  ustozlar.

Yigit:

Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini tayyorladik. Siz biz uchun har lahzada kuyib-pishasiz. Shu boisdan ham bayram dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.

Ustozning ko`nglini aylagan obod,

Bir kuni bo`lg`usi o`zi ham ustod

Qiz:

Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak shuncha kamdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu sharafli kasb egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat tusiga aylandi. Shu boisdan ham biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomladik.

Mehnating el ichra bo`ldi qadrdon,

Ey aziz ustozim bo`lgin sog`-omon