Vertere Forte maxsuloti haqida

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️Tv va radioda yaxshilab aylantirilayotgan navbatdagi BAD haqida.

Ko‘p muxlislar Vertere Forte maxsuloti xaqida fikrimni so‘rashgan.

BAD bu o‘zbekchasiga BFQ ya’ni biologik faol qo‘shimcha deb tarjima qilinadi. Biologik faol qo‘shimcha nimaga qo‘shimcha deb so‘ralsa ovqatga deb javob beramiz.

Agar ovqat tarkibida foydali elementlar kam bo‘lsa BFQ qo‘shiladi.

BFQ xususiyatlari:

1. Asosiy davolovchi vosita bo‘lolmaydi
2. Dori emas va dorini o‘rnini bosmaydi
3. Davolashni emas profilaktikani rag‘batlantiradi.
4. Davolashi to‘g‘risida aniq ilmiy dalilga ega bo‘lmaydi.

Vertera Forte ni menga yoqmagan jixatlari

🩸 Juda ko‘p kasalliklarni davolaydi deb aytilgan. Buni isboti yo‘q va bitta maxsulot bunday xususiyatga ega bo‘lmaydi.

🩸 Narxi qimmat

🩸 Uni formulasini akademik yaratgan deb aytilibdi. Lekin o‘sha akademik Davlat institutlari akademigi emas nodavlat tuzilma akademigi ekan. O‘zbekistondanyam shunaqa akademik unvonini 1000-2000$ beradigan tuzilmachalar bor.

Mutlaqo foydasiz deya olmayman. Foydasi bor lekin reklamada juda bo‘rttirib ko‘rsatilgan.