Wi-Fi orqali tarqatilayotgan internetga kimlar ulanganini aniqlaymiz

DO`STLARGA ULASHING:

Wi-Fi orqali tarqatilayotgan internetga kimlar ulanganini aniqlaymiz

Shu masalani guruhda (https://t.me/planetitchat), shaxsiy habarlarda ko’p so’rab turishadi, shu sababli boshqalarga ham qiziq bo’lsa kerak deb yozib o’taman.

Bu masala qachon aktual bo’ladi?
— Internet traffikingiz tez ketib qolayotganini bilib qolsangiz;
— internet tezligingiz tushib ketganini aniqlasangiz;
— uyingiz atrofida kimlardur telefon titkilab o’tirgan bo’lsa(ya’ni sizning internetingizdan foydalanayotgan bo’lishligi mumkin), hazil emas, o’zim guvohi bo’lganman bu holatga.

Kimlar sizning internetingizdan foydalanishayotganini router admin panelidan bilish mumkin, lekin bu ancha noqulay, har safar unga kirish kerak, login parollarni terib, xullas ishi ko’p va ko’pchilik kimlar ulanganini biladigan menyuni topaolmaydi ham.

Tanishing, kompyuter uchun Wireless network watcher (https://t.me/planetaitsoft/95) dasturi. Bu juda kichik dastur, dastur emas utilita deb ham atasak bo’ladi. Bu utilita orqali quyidagilarni ko’rishingiz mumkin:
▪️Routerga ulangan qurilmalarning IP manzillari;
▪️MAC adresi;
▪️qurilma nomlari;
▪️ishlab chiqarilgan kompaniya nomi;
▪️aktivlik holati;

Utilitadan foydalanish:
Utilita o’rnatilmaydi, exe faylni ishga tushirasiz. So’ng, biroz kutasiz, Mavjud 254 ta IP manzil skaner qilinadi va dastlab router manzili, so’ng unga ulangan qurilmalar ro’yhati chiqadi. Skanerlash davom etaveradi.

Davomi nima bo’ladi?
Begona qurilma mavjudligiga shubha qilsangiz, masalan uyda 3 ta odam bu router chiqarayotgan internetdan foydalanadi, utilita orqali skaner qilganingizda 5 ta MAC adres chiqib qoldi, demak sizlardan boshqa yana kimlardur sizning internetingizdan foydalanmoqda, sizning harakatingiz: Utilita chiqargan barcha MAC adreslarni, yozib olasiz va sizga tanish qurilmalarni MAC adresi bilan solishtirasiz(MAC adresni aniqlash (https://t.me/planetait/531)), beganasi bo’lsa, router admin paneliga kirib shu begana MAC adresni bloklaysiz (https://t.me/planetait/534).

Dasturni yuklab olish: Wireless network watcher

(https://t.me/planetaitsoft/95)☝️Dastur, Windows 7 va Windows 10 tizimlarida tekshirib ko’rildi.

Оставьте комментарий