Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi

DO`STLARGA ULASHING:

Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi ⌨️
• CTRL + C – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini almashinish buferiga vaqtinchalik nusxalash.
• CTRL + X – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini (odatda boshqa biror joyda qo‘llash uchun) almashinish buferiga vaqtinchalik qirqib olish.
• CTRL + V – almashinish buferiga nusxalab yoki qirqib olingan biror obyektni biror joyda qo‘llash/joylashtirish.
• CTRL + N – Проводник dasturiga tegishli oynalarda, joriy oynaning alohida nusxasini ochish / qolgan amaliy dasturlarda yangi hujjatni yaratish;
• CTRL + S – Windows’ning amaliy dasturlarida hujjatni diskka saqlash uchun qo‘llaniladi;
• F12 – MS Office amaliy dasturlarida Сохранить как… funksiyasini chaqirish uchun qo‘llaniladi (bunda hujjatni boshqa nom bilan saqlash yoki shunchaki saqlash joyini o‘zgartirish mumkin);
• CTRL + W | CTRL + F4 – MS Office amaliy dasturlari (va boshqa aksariyat dasturlarda) joriy ochilgan hujjatni yopish (dasturning o‘zi yopilmaydi) / Проводник dasturiga tegishli oynalarni yopish uchun qo‘llaniladi (ALT + F4 kabi).
• CTRL + Y – Windows’ning amaliy dasturlarida so‘nggi bekor qilingan harakatni qaytarish;
• CTRL + Z – Windows’ning amaliy dasturlarida so‘nggi amalga oshirilgan harakatni bekor qilish;
• CTRL + HOME – Windows’ning amaliy dasturlarida hujjatning boshiga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining boshiga o‘tish.
• CTRL + END – Windows’ning amaliy dasturlarida hujjatning oxiriga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining oxiriga o‘tish.
• WIN + E – Проводник (Explorer) dasturi oynasini chaqirish (Windows 7’da «Мой компьютер» oynasidagi disklarni ko‘rsatadi, Windows 10’da esa «Быстрый доступ» oynasini chaqiradi, bu esa biroz noqulay, buni Windows 7’dagi kabi ochilishini sozlash uchun maqola (https://t.me/itspecuz/4016)).
• WIN + D – ishchi stol (Рабочий стол)ga tezkor o‘tish uchun barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish, yoki barcha oynalarni yana o‘z joyiga tiklash/qaytarish.
• WIN + HOME – faol turgan oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)га tushiradi. Qayta bosilganida barcha oynalar yana o‘z joyiga, ya’ni faol turgan oynaning ortiga qaytadi.
• ALT + TAB – ochilib turgan oynalar bo‘ylab o‘tishga imkon beradi. ALT klavishini bosib, ushlab turgan holda bir necha marotaba TAB klavishi bosiladi, kerakli oynaning tasviri ustiga kelgan paytda klavishlar qo‘yib yuboriladi.

Оставьте комментарий